Ukrainaga birinchi «Mirage 2000» qiruvchi samolyoti yetkazildi
Fransiyaning harbiy texnikasini bir necha oy davomida ushbu mamlakatda tayyorgarlikdan o‘tgan ukrainalik uchuvchilar boshqaradi.

Foto: Reuters
Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Ukrainaga birinchi «Mirage 2000» qiruvchi samolyoti yetkazilganini ma’lum qildi. Uni Fransiyada bir necha oy davomida tayyorgarlikdan o‘tgan ukrainalik uchuvchilar boshqaradi.
Samolyot modernizatsiya qilingan: zamonaviy uskunalar, shu jumladan yangi radioelektron urush tizimlari va «havo-yer» raketalari bilan jihozlangan.
2024 yil iyun oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «Mirage 2000-5» qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga berishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq, ularning sonini aytmadi.
La Tribune nashrida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ta’minot hajmi cheklangan. Fransiya ko‘pi bilan oltita qiruvchi samolyotni ajratishi mumkin, chunki mavjud bo‘lgan 26 samolyotdan 20 tasi faol eskadronning bir qismi. Samolyotlar sonini ko‘paytirish uchun boshqa mamlakatlarni jalb qilish rejalashtirilgan edi, Ukrainaga beriladigan «mirajlarning» umumiy soni o‘n ikkidan oshmasligi kerak.
Ukrainalik harbiy ekspert Aleksandr Kovalenko The Insider nashriga bergan sharhida «Mirage 2000-5» samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lishini, biroq o‘z xususiyatlariga ko‘ra ular Amerikaning F-16 va Ukrainaning Su-24 samolyotlaridan ustun ekanini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
-
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 14:40
Mavzuga oid

12:03
IHeS Ukrainani 2014 yil mayida Odessadagi odamlar o‘limida qoraladi

11:51
Prezidentga eng oliy mukofot – Fransiyaga davlat tashrifi qanday o‘tdi?

09:48
Foydali qazilmalar va mudofaa sohasida hamkorlik, axborot almashinuvini kuchaytirish – O‘zbekiston-Fransiya strategik sheriklik shartnomasida nimalar ko‘zda tutilgan?

23:00 / 13.03.2025