Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Xitoy ehtiyot qismlariga ega 400 ta dron buyurtmasini bekor qildi
Bekor qilingan shartnomalar qiymati 22,9 mln dollarga baholanmoqda. Mamlakat Mudofaa vazirligiga ko‘ra, XXR uchirilgan dronlar ustidan nazoratni qo‘lga kiritib, uni zararsizlantirishi mumkin.
Foto: Asire News
Hindiston Mudofaa vazirligi Chennaydagi uchta kompaniya bilan Xitoyda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlardan foydalanilgan 400 ta uchuvchisiz uchish apparati bo‘yicha uchta shartnomani bekor qildi. Times of India’ning mudofaa idorasidagi manbalariga tayanib yozishicha, dronlardan foydalanish ustidan nazorat tez-tez kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli kuchaytirilgan.
Bekor qilingan shartnomalar qiymati 2,3 milliard rupiyga (22,9 million dollar) baholanmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari hind harbiylariga Xitoy bilan chegarani monitoring qilish uchun topshirilishi kerak bo‘lgan.
«Afsuski, ayrim hind kompaniyalari qurolli kuchlar uchun ishlab chiqarayotgan dronlarida Xitoyga tegishli ehtiyot qismlar va elektronikadan foydalanmoqda. Bu ma’lumotlar va operatsiyalar xavfsizligini buzadigan jiddiy kiberxavfsizlik tahdidi hisoblanadi», — deydi nashr manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi ehtiyot qismlardan foydalanish davom etsa, XXR uchirilgan dronlar ustidan nazoratni qo‘lga kiritib, uni zararsizlantirishi mumkin. 2024 yilda hind harbiylari bir necha bor dronlar faoliyatida texnik nosozliklar kuzatilganini qayd etgan.
O‘tgan yilning dekabrida Pekinda Xitoy va Hindistonning yuqori martabali vakillari besh yil ichida ilk bor chegaraoldi muammosi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I va Hindiston milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Doval ishtirok etgan.
Mavzuga oid
08:41 / 15.04.2026
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
22:45 / 06.04.2026
Ukraina dron hujumlari soni bo‘yicha birinchi marta Rossiyani ortda qoldirdi – OAV
21:16 / 05.04.2026