Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
G‘allaorol tumanida fuqaro rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, 1,35 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi.
Foto: Hududgazta’minot
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tadbirkor ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Hududgazta’minot».
«Hududgaz Jizzax» GTF komplayens nazorat tuzilmalari, «G‘allaoroltumangaz» GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Samarqand ko‘chasida yashovchi fuqaro xonadonida rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, «zangori yoqilg‘i»dan noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 354 million so‘mlik zarar aniqlandi.
Mazkur noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Mavzuga oid
07:50 / 06.05.2026
Jizzaxda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan bolani tok urdi
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
19:41 / 03.05.2026
O‘zbekistonda joriy yilda 4,3 mlrd kVt soat elektr va 2,8 mlrd metr kub gazni tejash maqsad qilindi
13:59 / 23.04.2026