«Feyyenord»dan boşqa joyda yutuqlarga erişmagan, yaqin davrgaça köpçilik tanimagan Arne Slot qanday qilib Kloppning eng yaxşi mavsumlari darajasida öyin namoyiş qilmoqda? Bu muvaffaqiyatning obektiv sabablari nimada? Keling asosiy faktorlarni alohida tilga olib, hammasini tuşunişga harakat qilib köramiz.

Yurgen Klopp merosi

Odatda yangi murabbiylar ikki xil jamoaga kelişadi. Birinçisi holat, eski murabbiy iste’foga çiqarilgan böladi. Tabiiyki, jamoa natijalari yomonlaşgan, futbolçilarning ham öziga bölgan işonçi pasaygan davr. Yangi murabbiy eski muammolarga yeçimlar beriş bilan birga, futbolçilarning öziga bölgan işonçini qaytarişi, yomonlaşgan natijalarni yaxşi tomonga özgartiradigan jiddiy qarorlar berişi kerak böladi. Albatta, bu juda katta mehnat talab qiladi.

Biroz kamroq sodir böladigan ikkinçi holat – bir murabbiyning jamoa bilan yetarliça sovrinlarni yutib, öz ixtiyorida bilan jamoani tark etgaç, yangi murabbiy tayinlanadi. Buning ham öziga yaraşa qiyinçiliklari bor. Ma’lum bir davr yakuniga yetgan, demak avlodlar almaşinuvini amalga oşiriş lozim. Bundan taşqari, sovrinlarni yutib, taşnalik biroz pasaygan, yangi mavsum uçun qayta jonlantiriş ham ba’zida ortiqça muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Yaqqol misollar sifatida, «Inter»da Joze Mouriniodan keyin Rafa Benitesning, «Mançester Yunayted»da Aleks Fergyusondan söng, Devid Moyyesning yoki «Bavariya»da Yup Haynkesdan söng Pep Gvardiolaning kelişini eslaş mumkin. Sezganingizdek, bu şartlarda ham yangi murabbiy muvaffaqiyat qozonişi qiyinroq. Buning ustiga, hatto murabbiy öziga yaraşa yaxşi işlagan taqdirda ham avvalgi yutuqlar kattaroq bölgani uçun baribir körinmasligi mumkin.

Arne Slotga esa har ikki turkumga ham kirmaydigan, futbolda deyarli sodir bölmaydigan uçinçi holat nasib qildi – Yurgen Klopp çempionlikka loyiq bölgan, ya’ni ötgan mavsumda sovrin uçun kuraşgan, ammo ğalaba qozona olmagan kuçli tarkibni meros qilib qoldirib ketmoqda. Ya’ni jamoa darajasi borasida ham, motivatsiya borasida ham muammo bölmasligi kerak edi. Yurgen Klopp bilan Çempionlar Ligasini, hamda Angliya çempionligini qölga kiritgan tarkibdan faqat Alison, Roberson, Trent Aleksandr-Arnold, Virjil van Deyk, hamda Muhammad Saloh qolgan xolos. Qolgan barça futbolçilar tarkibga keyin kelib qöşilgan, şu bilan birga, ötgan mavsumdagi natijalardan kelib çiqsak, bemalol çempionlik uçun kuraşa oladiganlardir. Qisqa qilib aytganda, Yurgen Klopp özining navbatdagi kuçli jamoasini tuzdi va özidan keyingi murabbiy uçun ideal vaqtda Liverpulni tark etdi.

Slotning çizgilari. Taktika.

Albatta, bularning hammasi niderlandiyalik murabbiyning bu yilgi mehnatlari qadrini pasaytirmaydi. Slot Yurgen Klop futbolining eng muhim, jamoaga foyda keltiradigan va ahamiyatlisi, futbolçilarning ustunliklarini yuzaga keltiradigan jihatlarini saqlab qolgan holda, öz çizgilarini bera olyapti. Jamoaning yangi futbolga evolyutsiyasi asta sekinlik bilan, sezilarsiz va oğriqsiz ravişda keçayotganini ta’kidlaş kerak.

Eng közga taşlanadigani aytamiz. Ma’lumki, Yurgen Klopp uslubida tezkor vertikal qarşi hujumlarlarning örni katta edi va aksariyat öyinlarda «Liverpul» öyinni ikki tomon uçun oçiq şaklga keltirib olib, aynan şu uslubda ustunroq bölgani uçun kerakli natijalarga erişardi. Bu ayniqsa, «Liverpul»ning avvalgi tarkibida juda yaxşi işlagan, çunki Mane-Firmino-Saloh uçligi ideal ravişda bir-birini töldirib, realizatsiyadan muammo bölmasdi. Yangi «Liverpul»da oçiq futboldan endi raqiblar ham foyda köra boşlaşdi, zero eng yuqori darajadagi hujum çiziği bölmasa, aynan şu ikki tomonlama vertikal futbolda ba’zida raqiblar ham ğalaba qozonib ketişi mumkin. Qisqasi, bu uslubda barçasini nazorat qiliş qiyin, yuqori örinlar uçun kuraşda esa har bir öyinni nazorat qila oliş kerak.

Arne Slotning birinçi qadami mana şu jihatni özgartiriş böldi – hali ham «Liverpul» asosiy xavfni vertikal futbol orqali yaratmoqda, ammo öşa eng muhim pas uçun koridor oçilgunça, jamoa töpni özida saqlab, nazorat qilişni örgandi. Slotning «Liverpuli» töp bilan sabr qilişni biladi, kerak bölganda esa birdaniga yana tezkor «Liverpul» qaytişi ham öyin davomida köramiz. Bu jamoaga ayniqsa kuçsizroq raqiblarga qarşi öyinni nazorat qilişda yordam bermoqda, avvalgi ba’zi davrlardagi kabi natijalar qutbdan qutbga sakramayapti. Jamoada ba’zida qoniqarsiz natijalar, mağlubiyatlar ham sodir bölsa-da, umumiy öyin kartinasi doim bir xil va doim «Liverpul» raqibidan ustun futbol namoyiş eta olyapti.

Yana bir e’tiborli jihat, Arnening alohida raqiblarga qarşi tayyorlanib, aynan bir öyin uçun ba’zi kiçik va nozik detallarni özgartira olişidir. Qiziği, murabbiyning matbuot anjumanlari ham juda qiziq, u doim erinmasdan taktik qarorlari, amalga oşgan rejalari, ayniqsa raqibning kamçilik va ustunliklari haqida bemalol tuşuntiriş beraveradi. Bu esa şogirdlariga işonç beriş bilan birga, raqib murabbiyiga bosim yuklaşi ham turgan gap.

«Mançester Yunayted»ga qarşi «Old Trafford»da keçgan (3:0) öyindagi ğalabadan söng Slot aytdi:

«Raqibning qanot himoyaçilari juda oldinga çiqib öynaşadi, şuning uçun men imkon qadar Dias va Salohni yuqoriroqda saqlab turişga qaror qildim. Agar bosim yordamida töpni egallab olsak, doim oldingi çiziqda bizga variantlar böladi va biz Salohni yoki Diasni markaziy himoyaçilar bilan birga bir vaziyatga çiqardik».

Odatda jamoalar pressing muvaffaqiyatsiz çiqmagaç, barça futbolçilar ortga qaytişadi va örta blokda himoyalanişni boşlaşadi. «Old Trafford»da Slot pressingning boşqaça turini joriy qildi – «Liverpul» hujumçilari pressing uyuştirgaç, himoyaga qaytmay, endi «MYu» yarimhimoyaçilariga ortdan hujum qila boşlaşdi. Natijada Kazemiro töpni egallagaç, oldinda ham variant yöq, töpni orqaga qaytaraman desa, u tomondan ham yöllar berkilgaç, qiyinçilikka duç kela boşladi. Ikki gol aynan «MYu»ning tayanç zonasidagi yöqotişlardan söng sodir böldi.

Endigina 3-tur edi. Öşandayoq Premer-ligaga yangi kuçli murabbiy taşrif buyurganininng körgazmasi bölib ötgandi.

Slotning ba’zi futbolçilarga ta’siri

Jamoa muvaffaqiyatli taktika asosida töp surayotganining isbotlaridan asosiysi – futbolçilarning bu şartlarda yangi darajaga çiqayotgani böladi. Slot qöl ostida bir qator futbolçilar yanada kuçliroq öyin körsatayotganini ta’kidlaş kerak.

Eng katta özgariş Rayan Gravenberhda kuzatilmoqda. «Bavariya»dan kelganidan buyon özini topa olmay kelgan 22 yoşli futbolçi Slot qöl ostida porlamoqda. Ayni damda uni bemalol Yevropaning eng yaxşi tayanç yarimhimoyaçilaridan biri deb bemalol aytiş mumkin. Ötgan yili u butun mavsum davomida atigi 12 öyinni asosiy tarkibda ötkazgan bölsa, hozirda u APL doirasidagi barça öyinlarni ilk daqiqalardan boşladi – örtaça 86 daqiqa.

Yana bir yorqin misol, Kodi Gakpo. U Yurgen Klopp davrida ham ba’zida muvaffaqiyatli öyinlar ötkazgan, ammo aynan Arne Slot Gakponi çap qanotga butunlay boğladi va bu uni yanada xavfli futbolçilardan biriga aylantirdi.

Yuqoridagi birinçi rasmda Kodi Gakponing ötgan mavsumdagi zarba beriş nuqtalari, pastda esa joriy mavsumdagi. Ilgari Gakpo turli pozitsiyalarda öynagan bölsa, joriy mavsumdan uning maydondagi vazifasi konkretlaşdi. Bu esa futbolçini «Liverpul»ning eng xavfli qurollaridan biriga aylantirdi.

Ötgan yozda «Liverpul» Keysedo va Laviya transferlari borasida muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, şoşilinç ravişda Endoni sotib olişgandi. Tabiiyki, biroz tejamkor variantda töldirilgan tayanç zonasi eng muammoli nuqta sifatida tilga olinib kelardi. Slot kelgaç, «Liverpul» bu pozitsiya uçun birorta ham xaridni amalga oşirmaganida, köpçilik uçun tuşunarsiz bölgani tabiiy. Demak taxmin qiliş mumkinki, Gravenberx, Gakpo kabi futbolçilar haqida Slotda ança çuqur ma’lumotlar bölgan va hamyurtlaridan qanday foydalanişni u kelişidan oldin ham juda yaxşi bilgan.

Nafaqat niderlandiyalik futbolçilar, balki masalan, Muhammad Saloh ham yangi tizimda yorqinroq porlayotganini ta’kidlaş kerak. Hali mavsumning endi yarmidan ötayotgan bölsak, Salohda allaqaçon gol+pas böyiça 44 oçko bor. Bu har öyinda örtaça 1.3 golli körsatkiç deganidir. Agar şu rejimda Saloh davom etsa, u mavsum oxirigaça gol+pas böyiça 70 lik dovonni ham bosib ötişi mumkin. Misrlik hujumçi Liverpuldagi eng yaxşi mavsumida, 2017/18 da barça musobaqalarda 58 (44+14) oçkolik bölgandi. Tasavvur qilavering.

Bosimning deyarli yöqligi

Uşbu mavsumdagi natijalarning nisbatan yomonlaşuvi ham jamoa muxlislari tomonidan ham, futbol jamoatçiligi tomonidan ham u qadar oğriqli qabul qilinmasdi. Zero 8 yil davomida jamoani boşqargan top-murabbiyning ketişi baribir salbiy tomondan ta’sir qilişini hamma tuşunib turardi. Nari borsa, mabodo katta inqiroz bölib ketsa ham, murabbiy yoki jamoadan köra boşqaruvga savollar köproq berilar, yozda birorta ham futbolçini sotib olmagan rahbarlar asosiy aybdor sifatida javob berişiga töğri kelardi.

Bunday şartlarda, tabiiyki, murabbiy uçun ham işlaş qulay – sendan aytarli heç narsa kutişmayotgan paytda özini ança erkin his qilişi mumkin. Aslida Yurgen Kloppning ham sönggi yillarda çarçatgan jihat şu – undan har mavsumda Pep Gvardiola bilan raqobat qilişni talab qilişardi. Tabiiyki, yaxşiroq resurslarga ega bölgan va nazorat qiroli bölgan Pep bilan bahslaşiş doim ham muvaffaqiyatli çiqavermaydi. Bu esa har qanday qoniqarsiz natijalardan keyin negativni köpaytirar, jamoaga ortiqça bosim yuklardi.

Arne Slot ham, futbolçilar ham uşbu mavsumda mana şunday bosimdan holi mavsumni boşlaşdi. Bu ham qaysidir ma’noda öz samarasini bermoqda.

Jarohatlarning kamligi

Tan oliş kerak, uşbu mavsumda «Liverpul»ni jiddiy jarohatlar çetlab ötyapti. Aytaylik, asosiy raqiblar bölmiş «Mançester Siti» va «Arsenal» bu borada köproq jabr çekişmoqda. «Siti» uzoq muddatga Rodrini yöqotib böldi, «Arsenal» esa ikki oy Edegorsiz öynagan bölsa, ayni damda Saka va Jyezus jamoaga yordam bera olmayapti. Har xolda «Liverpul»da öyin natijasiga ta’sir qiladigan muhim futbolçilarning yöqotilişi kuzatilmayapti.

«Liverpul» avvalgi yillardagi özi bilan soliştirganda ham yaxşiroq holatda. Joriy mavsumda futbolçilar tomonidan jarohat tufayli ötkazib yuborilgan öyinlarning umumiy soni – 55. Agar Keza, Bredli, Gomes, Tsimikas kabi aslida zaxirada ötiradigan futbolçilarni qöşmasak, Jota, Alison, Konate, Soboslai ya’ni örnini sifatni tuşirmasdan bosiş imkoni bölmagan futbolçilarning ötkazgan öyinlari soni atigi 23 ta («Mançester Siti»da 64, «Arsenal»da 45) xolos.

Ötgan yili butun mavsum davomida umumiy körsatkiç 165 edi. Asosiy tarkib futbolçilarini olsak, 85 ni taşkil qilgan. Töğri hali bu mavsum tugagani yöq, ammo şu tempda davom etilsa, ötgan yilgi körsatkiçning yarmiga ham yetib borilmaydi.

Buning zamirida esa, birinçi navbatda, yuqorida tilga olinganidek, nazoratga asoslangan uslub va albatta, omad ham bor.

Asosiy raqiblardagi pasayiş

Ayni damda «Liverpul» yöqotilganlar böyiça 9 oçkolik farq bilan peşqadamlik qilmoqda. Jamoa 22 öyindan 53 oçko jamğargan. Albatta, bu oldingi mavsumlardagi peşqadamlar bilan taqqoslaganda ham köp, töğri, ammo şunça oçko bilan 2023/24 mavsumida «Mançester Siti»dan 2 oçko 2022/23 mavsumida bölganda esa «Arsenal»dan 2 oçko oldinda bölardi xolos. Ya’ni «Liverpul» baribir peşqadam bölib tursa-da, çempionlik uçun yaqqol favorit sifatida hozirgidek tilga olmayotgan bölardik.

Ayniqsa, «Mançester Siti»ning inqirozi aynan Slot davriga töğri kelib qolganini ham hisobga oliş kerak. Kloppning «Liverpul»i 2018/19 mavsumning bu davrida 60 oçkoga ega edi. Şunda ham çempionlik nasib qilmagan. Çempion böliş uçun esa 2019/20 mavsumda «Liverpul» 23 öyindan söng 67 oçko jamğargan edi – bu hozirgidan 11 oçkoga köp.

Barqaror ta’qibçining yöqligi «Liverpul»da xato qiliş imkoniyatini qoldiradi. Ya’ni hozir har qanday öyinda oçko yöqotilişi ham jamoaning mavqeiga xavf solmaydi va hatto raqobatçilar ham turdan turga oçko yöqotib borişyapti. Bu ham bosimni kamayişiga, öyinlarda işonç bilan xotirjam töp surişga zamin yaratadi. Jarohatlarni kamaytiradi, turli taktikalarni sinab köriş, tarkibni vaqtida rotatsiya qilib borişga imkoniyat beradi, raqib darvozasi oldida sovuqqonlikni saqlab, realizatsiyani yuqori maromda uşlab turişga ham sabab böladi.

Qahramon Aslanov