Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST bolalar uchun saratonga qarshi bepul dorilar tarqatish dasturini ishga tushirdi
Dastur daromadi past va o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlarni qamrab oladi. Dori vositalarining birinchi partiyasi allaqachon Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga yetkazilgan.
Foto: WHO
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) daromadi past va o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlardagi bolalar uchun saratonga qarshi dori vositalari bepul tarqatiladigan yangi platforma ishga tushirilganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, dorilarning birinchi partiyasi allaqachon Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga yetkazilgan, yaqin orada Ekvador, Iordaniya, Nepal va Zambiyaga ham yetkazilishi kutilmoqda. Dorilar yuqoridagi mamlakatda istiqomat qiluvchi 5 mingga yaqin bolani davolash uchun mo‘ljallangan.
Platforma keyingi besh-yetti yil ichida 50 ta davlatni qamrab olib, 120 ming bolani dori vositalari bilan ta’minlashni rejalashtirgan. Shu bilan birga, JSST dori vositalarining bepul tarqatilishi pilot fazadan keyin ham davom etishini kafolatlamoqda.
Ushbu dastur haqida ilk bor 2021 yil dekabrda ma’lum qilingan. AQShdagi bolalar shifoxonasi loyihani amalga oshirish uchun 200 million dollar ajratgan.
Avvalroq O‘zbekistonda 2025-2030 yillarda Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturi amalga oshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 31.03.2026
Dunyoda faqat 13 ta mamlakat havosi xavfsiz deb topildi
10:03 / 19.03.2026
Argentina AQSh ortidan JSSTdan chiqdi
16:03 / 04.03.2026
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur qabul qilinadi
07:15 / 25.02.2026