OAV: Trampning maxsus vakili 20 fevralda Ukrainaga tashrif buyuradi
AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 20 fevral kuni Kiyevga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda AFP.

Kit Kellog Foto: AP
AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 20 fevral kuni Kiyevga tashrif buyuradi. Bu haqda 10 fevral, dushanba kuni AFP agentligi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning idorasidagi manbasiga tayanib xabar berdi. Reuters, shuningdek, tashrif oy oxirigacha amalga oshishini xabar qildi.
Safar dastlab 20 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi oldidan rejalashtirilgan edi, biroq keyinga qoldirildi.
Uolts: AQSh Ukraina xavfsizligi kafolatlarini Yevropaga yuklaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylari kelasi hafta yevropalik amaldorlar bilan uchrashib, Ukrainadagi keng ko‘lamli urushni tugatish yo‘llarini muhokama qiladi. Bu haqda 9 fevral kuni AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uoltsga tayanib, Associated Press xabar berdi. Uoltsga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Marko Rubio, mudofaa vaziri Pit Xegset, vitse-prezident Jyey Di Vens hamda AQShning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Yevropaga safar qiladi.
Shu kuni Mayk Uolts NBC telekanaliga bergan intervyusida aynan Yevropa Ukrainaga urush tugaganidan keyin xavfsizlik kafolatlarini berishi kerakligini, AQSh esa Kiyevga harbiy yordam uchun sarflagan xarajatlarini qoplash niyatida ekanini aytdi. «Biz bu xarajatlarni qoplashimiz kerak va bu ukrainaliklar bilan nodir metallar, tabiiy resurslar, neft-gaz va bizning resurslarimizni sotib olish bo‘yicha hamkorlik bo‘ladi», dedi Tramp maslahatchisi.
AQSh prezidenti «urushni tugatish» va «barcha tomonlarni», jumladan Xitoy, Hindiston va Yaqin Sharqni muzokaralarga jalb etish niyatida, deya ta’kidladi Uolts. Shuningdek, u, agar Moskva muloqotdan bosh torsa, Tramp Rossiyaga qarshi «soliqlar, tariflar, sanksiyalar» joriy etishdan qo‘rqmasligini qo‘shimcha qildi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17
-
AQShda oqqush gavjum shossega yugurib chiqib, avtomobillar harakatini deyarli to‘xtatib qo‘ydi (video)
Jahon | 14:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
O‘zbekiston | 14:43
-
Zelenskiy AQShning Rossiyaga nisbatan «kuchli qadamlari» haqida ogohlantirdi
Jahon | 14:39
Mavzuga oid

09:51 / 07.03.2025
Kellog: AQSh Rossiya bilan munosabatlarni qaytadan boshlamoqchi

11:40 / 06.03.2025
AQSh va Kiyev yaqinda Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qilishi mumkin

11:08 / 06.03.2025
Irlandiya Kiyevga maxsus topshiriqli kuchlarni yuborishi mumkin

08:36 / 28.02.2025