Ozarboyjon Nikolay Valuyev mamlakatga kirishini taqiqladi
Hozirda deputat bo‘lgan sobiq bokschi Bokudagi Rossiya uyi yopilayotgani haqidagi xabarga keskin munosabat bildirgandi. Endi u Ozarboyjonda persona non grata hisoblanadi.

Foto: Aleksandr Gluz
Ozarboyjon TIV matbuot kotibi Oyxon Hojizoda hukumat Rossiya Davlat dumasi deputati, sobiq bokschi Nikolay Valuyevning mamlakatga kirishini taqiqlaganini ma’lum qildi.
«Nikolay Valuyevning Ozarboyjon hamda uning xalqiga nisbatan haqoratli va tahdidga to‘la bayonotini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Shu bois uning ismi Ozarboyjon Respublikasiga kirish taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga kiritildi», — deydi Hojizoda.
Idora matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, Nikolay Valuyev «persona non grata» ro‘yxatiga kiritilgan birinchi rossiyalik deputat emas. Bundan oldin Konstantin Zatulin va Vitaliy Milonov ham shu kabi taqiqqa uchragan edi. «Mamlakatimizga qarshi chiqqan ushbu deputatlarning barchasi hukmron «Yagona Rossiya» partiyasi a’zolari ekanini afsus bilan qayd etish joiz», — deydi Oyxon Hojizoda.
6 fevral kuni Valuyev o‘z telegram-kanalida Bokudagi «Rus uyi»ni (rus madaniyat markazi) boshqaruvchi «Rossotrudnichestvo» Ozarboyjon hukumatidan o‘z faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida rasmiy bildirishnoma olgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
«Mana „Rossotrudnichestvo“ ularga nimasi bilan yoqmadi? Va bularning barchasi „xalqlar do‘stligi“, ta’sir doirasi va panturkizm haqida. Aytish mumkin bo‘lsa, munosabatlar tozaligidan tashvishlanish. Ma’lumki, Rossiyada „Azersotrudnichestva“ga o‘xshash tuzilma yo‘q. Lekin ko‘p sonli „diasporalar“ bor. Va bu diasporalar madaniy almashuv haqida emas. Ko‘proq pul haqida. Va juda katta pullar. Bu pullarning hammasi ham legal emas. Ularga diqqatliroq bo‘lish vaqti kelmadimikin? Diasporalarni nazarda tutyapman», — deya yozgan Valuyev.
Keyinroq u yana bir post e’lon qildi, unda Rossiyaning «sharqdagi va osiyolik» qo‘shnilari «qayishqoqlikni zaiflik sifatida qabul qilayotgani» aytiladi. Uning fikricha, ularning Rossiyadagi ta’siri — «bu diasporalar, ko‘pincha keng qamrov va imkoniyatlarga ega bo‘lgan yetarlicha norasmiy tuzilmalardir».
«Xotirjamlik bilan, Rossiyamiz davlat ichkarisidagi siyosiy va kuchishlatar tuzilmalar qo‘llovini bilgan holda so‘kinishlar va baqir-chaqirlarsiz bu shoblu-oblularning barchasini qonun elagidan o‘tkazamiz. U yerda esa noqonuniy migratsiya ham, soliqlardan qochish ham, reyderlik va boshqa qiziqarli narsalar ham bor», — degan deputat (muallif imlosi saqlanib qolgan).
Yanvar oyi oxirida BakuTV Bokudagi «Rus uyi» niqobi ostida Rossiya maxsus xizmatlari ish olib borayotgani haqida xabar tarqatgandi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 1997 yilda tashkil etilgan ushbu markaz yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan. Fevral oyi boshida «Rossotrudnichestvo» federal agentligi Ozarboyjon hukumatidan xorijda rus madaniyatini targ‘ib qiluvchi Bokudagi Rossiya uyi faoliyati to‘xtatilgani haqida rasmiy bildirishnoma olgan. Shundan keyin Ozarboyjon elchisi Rahmon Mustafoyev Rossiya TIVga chaqirilib, unga norozilik bildirilgandi. «Rossotrudnichestvo» rahbari Yevgeniy Primakov o‘z ishbilarmonlik obro‘sini himoya qilish uchun sudga da’vo tayyorlayotganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriya va Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishini blokladi
Jahon | 18:02
-
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi
Jamiyat | 17:55
-
“Tartibsizlik yo‘lidagi yangi qadam” - AQShning Eronga zarbasiga dunyo davlatlari va siyosatchilar qanday reaksiya bildirdi?
Jahon | 17:48
-
Eron yadroviy inshootlardan 408 kg boyitilgan uranni olib chiqishga ulgurdi – OAV
Jahon | 17:42
Mavzuga oid

16:27
Rossiyada «Gosuslugi» akkauntlarini buzgan o‘zbekistonlik ushlandi

15:59
Putin Eronga berilgan zarbalarni «oqlab bo‘lmaydigan» deb atadi

14:44
Zelenskiy Rossiya, Eron va KXDRni «qotillar koalitsiyasi» deb atadi

14:12