Ukraina Bolgariyadan ikkita yadroviy reaktor sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Ushbu reaktorlar sovet davrida qurilishi boshlangan AESga tegishli. Chernobil fojiasidan keyin Bolgariyadagi AESda faqat ikki reaktor qurilib, qolgan ikkitasi loyihadan olib tashlangan edi.

Foto: bgnews.bulgar-rus
Ukraina parlamenti Bolgariyada qurilishi tugallanmagan AES reaktorlarini sotib olishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Sovet ittifoqi davrida qurilishi boshlangan ushbu reaktorlar Ukrainaga Rossiya bosib olgan Zaporojye AES yo‘qotishlarini qisman qoplash va Rossiya havo hujumlari natijasida zararlangan energetika tizimini tiklash imkonini beradi.
Reaktorlarni sotish bo‘yicha muzokaralar 2023 yil yozida boshlangan. Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi 2024 yil iyunida ularni o‘rnatishni rejalashtirgan, ammo tegishli qonun mavjud bo‘lmagani uchun jarayon kechikkan. Loyiha ba’zi deputatlar va energetiklar tomonidan tanqid qilingan, ammo 12 fevral kuni Oliy rada qonunni qabul qildi. Bitimning aniq summasi e’lon qilinmagan, ammo avvalroq ukrainalik amaldorlar Bolgariya 600 million dollar so‘ragani haqida gapirgandi.
Ushbu reaktorlar mamlakat g‘arbidagi Xmelnitskiy AESiga o‘rnatilishi kerak: stansiya to‘rt reaktorli loyiha sifatida rejalashtirilgan, ammo Chernobil AESdagi avariya tufayli faqat ikki reaktor qurilib, qolgan ikkitasi loyihadan olib tashlangan edi.
Bolgariyaning «Belene» AESini qurish sovet davrida boshlangan, 20 yillik tanaffusdan keyin «Rosatom» bu ishlarni qayta tiklagan, ammo 2012 yilda loyiha yana to‘xtatilgan. Rossiya bu loyiha uchun 15 yildan ortiq kurashgan, jumladan, sudlar orqali jamoatchilik fikrini o‘z foydasiga o‘zgartirishga uringan.
Ayni paytda Ukrainada atom energetikasi elektr energiyasining 60 foizini ta’minlamoqda. 2023 yil avgust oyida Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainadagi issiqlik generatsiyasining 90 foizi va gidroelektr energiya manbalarining 40 foizi yo‘q qilingan.
Ukraina Energetika vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, Bolgariya reaktorlaridan birinchisi yaqin 2-3 yil ichida ishga tushirish mumkin. Volodimir Zelenskiy Oliy radaning bu qarorini Ukraina uchun energetik xavfsizlik borasida muhim qadam deb baholadi: «Tayyor reaktorlar Ukrainaga qish oylarini elektr importisiz o‘tkazish imkonini beradi».
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
Mavzuga oid

19:01
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida

20:40 / 29.03.2025
Katta AESga qaytish, sun’iy navbat ajiotaji va kechiktirilgan tariflar - hafta dayjesti

17:42 / 27.03.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

21:19 / 26.03.2025