Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Putin Ukraina bo‘yicha AQSh bilan muzokaralarga «og‘ir vaznlilar jamoasi»ni jalb etadi
Muzokara o‘tkazishga mas’ul bo‘ladiganlar guruhiga Rossiya prezidentining tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, Tashqi razvedka xizmati direktori va To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori kiritilgan.
Vladimir Putin Rossiya—Ukraina urushini yakunlash bo‘yicha AQSh vakillari bilan muloqot qilishga «muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega og‘ir vaznlilar jamoasi»ni shakllantirmoqda, deb xabar beradi Bloomberg.
Agentlik manbasining ma’lum qilishicha, muzokara o‘tkazishga mas’ul bo‘ladiganlar guruhiga RF prezidentining tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov, Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori Kirill Dmitriyev kiritilgan.
Bloombergʼning qayd etishicha, Ushakov va Narishkin Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha birinchi muzokaralarda ishtirok etgan. Dmitriyev esa o‘z navbatida 2025 yil fevralda amerikalik maktab o‘qituvchisi Mark Fogelning ozod etilishida qatnashgan.
Rossiya guruhidan, shuningdek, 2022 yilda o‘tkazilgan muzokaralarning boshqa ishtirokchilari ham o‘rin olishi mumkin. Agentlikning Kremlga yaqin manbasining so‘zlariga ko‘ra, ular muzokaralarda Ukraina vakillariga yordam beradi. Jumladan, ular orasiga RF prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy ham kiritilish ehtimoli mavjud.
Dmitriyev matbuot xizmati uning tinchlik muzokaralaridagi ishtirokiga izoh berishdan bosh tortdi. Kreml ham Bloomberg so‘roviga javob qaytarmagan.
Avvalroq Volodimir Zelenskiy Ukraina o‘z ishtirokisiz hech qanday ikki tomonlama tinchlik muzokaralarini qabul qilmasligini aytgandi. Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Yevropa davlatlarining bo‘lajak tinchlik muzokaralarida ishtirok etishidan «juda manfaatdor» ekanini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
14:32 / 23.02.2026
Uitkoff Zelenskiy va Putin yaqin orada uchrashishi mumkinligini istisno etmadi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025