AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili, Ukrainada tinçlikka erişiş böyiça sa’y-harakatlarda AQŞ delegatsiyasining asosiy muzokaraçisi Stiven Uitkoff Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin orada şaxsan uçraşişi ehtimolini istisno qilmadi. Uitkoff Fox News telekanali efirida şanba, 21 fevral kuni, AQŞ sa’y-harakatlari şunday uçraşuvga hatto yaqin 3 hafta içida olib kelişi mumkinligini bildirdi.

Uning sözlariga köra, u va Trampning kuyovi Jared Kuşner (u ham Kiyev va Moskva bilan muzokaralarda iştirok etmoqda) “optimistik kayfiyatda”. Ular öz takliflari “yaqin uç hafta içida tomonlar pozitsiyalarini yaqinlaştirişga yordam beradi” deb umid qilmoqda.

Bundan taşqari, Uitkoff Tramp iştirokida uç tomonlama uçraşuv ötkazilişi ehtimolini ham rad etmadi — agar Tramp tinçlik kelişuvi tuziş istiqbolini körsa. “Menimça, u (Tramp) agar işni oxirigaça yetkazib, eng yaxşi natijaga erişa olişiga işonmasa, uçraşuvda qatnaşişni xohlamaydi”, — dedi AQŞ prezidentining maxsus vakili. U, şuningdek, “yaqin haftalarda yaxşi yangiliklar” bölişiga umid bildirdi.

Uitkoff Putin bilan bir neça bor şaxsan uçraşgani uçun aytilgan tanqidlarni ham rad etdi va qarşi tomon pozitsiyasini tuşunmasdan turib “kelişuv tuzib bölmas”ligini ta’kidladi. “Men uning motivatsiyasi, maqsadlari va hokazolarni tuşunib olişim kerak edi”, — deb izohladi u. Tramp maxsus vakilining aytişiça, Rossiya rahbari ularning şaxsiy uçraşuvlari davomida “hamişa juda oçiq” bölgan va özining “qizil çiziqlari”ni töğridan töğri belgilab bergan.

Volodimir Zelenskiy bir neça bor Rossiya prezidenti bilan şaxsan uçraşişga tayyor ekanini bildirgan, ammo buning uçun Moskvaga kelişi haqidagi takliflarni rad etgan va javoban uni Kiyevga taklif qilgan. Xususan, bir neça kun oldin u Putin bilan uçraşuv masalasini “kötariş”ni topşirganini aytdi. U eng yuqori darajadagi şaxsiy muzokaralarni hududiy masala yeçimini topişdagi tanaffusni ta’minlaydigan eng yaxşi yöl deb atagan. Şuning uçun, Zelenskiyning sözlariga köra, u muzokaraçi jamoasiga ikki liderning Jyenevada uçraşuvi masalasini kötarişni topşirgan.

Yanvar oyi oxirida Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarda hududiy masalani hal etiş Kreml rahbari bilan aloqalarsiz mumkin emasligini ta’kidlagan edi. “Biz qandaydir formatda Rossiya Federatsiyasi bilan, jumladan Rossiya yetakçisi bilan ham aloqada böliş imkoniyatiga ega bölişimiz kerak. Bunday formatsiz, men körayotganimdan kelib çiqib aytsam, jamoalarimiz hududiy masalalar böyiça kelişa olmaydi”, — degan u.