Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Kuvaytga boradi
Davlat rahbari 17-18 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt shahrida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar hamda ushbu mamlakat hukumati a’zolari, yetakchi kompaniyalari va bank-moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri Shayx Mish’al As-Saboh taklifiga binoan 17-18 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt shahrida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar hamda ushbu mamlakat hukumati a’zolari, yetakchi kompaniyalari va bank-moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lajak sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Kuvayt do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, «yashil» energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.
Madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini kengaytirish masalalari ham diqqat markazida bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Kuvayt yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqadi.
Muzokaralar yakunida qator qo‘shma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
09:38 / 07.04.2026