Valutaga sotib olinadigan aktivlarni baholash tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i bilan chet el valutasiga sotib olinadigan turli xil aktivlarni baholash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zgartirishlar buxgalteriya hisobining uchta milliy standartiga – 4, 5 va 7-sonli standartlarga tegishli bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
Standartlarga quyidagi aniqliklar kiritildi:
- 4-sonli BHMS "Tovar-moddiy zaxiralar"ning 24-bandiga: tovar-moddiy zaxiralar to‘liq yoki qisman chet el valutasidagi oldindan to‘langan depozit hisobidan sotib olinganda, ularning qiymati depozit kiritilgan sanadagi MB kursi bo‘yicha tan olinadi;
- 5-sonli BHMS "Asosiy vositalar"ning 16-bandiga: asosiy vositalar to‘liq yoki qisman chet el valutasida oldindan to‘langan kredit hisobidan sotib olinganda, ularning qiymati kredit to‘langan sanadagi MB kursi bo‘yicha ushbu kredit summasiga teng miqdorda tan olinadi;
- 7-sonli BHMS "Nomoddiy aktivlar"ning 17-bandiga: nomoddiy aktivlar to‘liq yoki qisman chet el valutasida oldindan so‘ndirilgan kredit hisobidan sotib olinganda, ularning qiymati kredit so‘ndirilgan sanadagi MB kursi bo‘yicha tan olinadi.
Bu o‘zgartirishlar 22-sonli BHMS "Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni hisobga olish"ning 12-bandida belgilangan normaga mos keladi: "Aktivlar, ishlar va xizmatlar chet el valutasida to‘liq yoki qisman to‘langan bo‘nak hisobidan sotib olinganda, ularning qiymati ushbu bo‘nak miqdoriga teng summada bo‘nak to‘langan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha tan olinadi. Aktivlar, ishlar va xizmatlar chet el valutasida to‘liq yoki qisman olingan bo‘nak hisobidan sotilganda, ular bo‘yicha daromad ushbu bo‘nak miqdoriga teng summada bo‘nak olingan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha tan olinadi".
Kiritilgan o‘zgartirishlar valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobini takomillashtirish va moliyaviy hisobotlarda aktivlar qiymatini yanada aniqroq aks ettirishni ta’minlashga qaratilgan. Tashkilotlar yangi talablarni diqqat bilan o‘rganib chiqishlari va amaliy faoliyatda ularni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlashlari zarur.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
Jahon | 19:02
-
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun sall-markazni ishga tushirdi
Jamiyat | 19:00
-
Ukraina ikki kun ichida Rossiya bo‘ylab 500 ga yaqin dron uchirdi
Jahon | 18:56
-
Sud Yakkasaroyda aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan mehmonxona qurilishini vaqtincha to‘xtatdi
Jamiyat | 18:50
Mavzuga oid

22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi

08:46 / 27.02.2025