Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda korrupsiyada ayblangan hokim o‘rinbosari O‘zbekistonda ushlandi
Oqtov shahri hokimini xalqaro qidiruvga berilgan sobiq o‘rinbosari O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan vaqtida qo‘lga olindi. Endi u 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Oqtov shahri hokimining xalqaro qidiruvga berilgan sobiq o‘rinbosari Temur Saidvaqosov O‘zbekistonda qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, sobiq amaldor noqonuniy ravishda Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegarasini kesib o‘tgan, keyin esa O‘zbekiston hududiga o‘tayotganida mahalliy chegarachilar tomonidan ushlangan.
Endi Saidvaqosov 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin — O‘zbekistonda bir guruh shaxslarning oldindan kelishgan holda davlat chegarasini buzib o‘tganligi uchun shu turdagi jazo belgilangan.
Hokim o‘rinbosari Qozog‘istonda Shimoliy-Qozog‘iston viloyatidagi «Obuxovskoye» nodir metallar konini o‘zlashtirayotgan «Tiolayn» kompaniyasi faoliyati bilan bog‘liq korrupsion jinoyatlarda gumonlanmoqda. Tergovning hisoblashicha, korxona aksiyadorlaridan biri — Viktor Dolgalev o‘z biznesida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan, jumladan, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullangan va yerosti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalangan.
Avvalroq sud hay’ati Dolgalevni oqlagan, ammo ko‘p o‘tmay hukm bekor qilingan, ish esa boshqa viloyatga qayta ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Tergov versiyasida qayd etilishicha, biznesmen o‘z muammolarini amaldorlar, jumladan, Saidvaqosov yordamida ham hal etib kelgan. Hokim o‘rinbosari firibgarlik va pora berishga undashda ayblanmoqda.
Gumonlanuvchilar qatoriga kiritilganidan xabar topgan hokim o‘rinbosari yashirinishga uringan, ammo endi u birdaniga ikkita davlatda ozodlikdan mahrum etilishi mumkin — Qozog‘istonda korrupsion jinoyatlari uchun, O‘zbekistonda esa chegarani noqonuniy buzgani uchun.
Mavzuga oid
10:01 / 12.05.2026
Buxoroda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
17:26 / 08.04.2026
Xovos tumani hokimining tezkor tadbirda ushlangan sobiq o‘rinbosari uzoq muddatga qamaldi
16:54 / 13.03.2026
“Faqat “parkovka” narxini oshirib, shu tizimni yuritish tarafdori emasmiz” – hokim o‘rinbosari
21:22 / 28.02.2026