Turkiyaga shartli kirish tartibi bekor qilindi
Fevral oyining boshidan shu kunga qadar 150 dan ortiq xorijiy fuqaro aeroportlarda ushbu yangi qoidalar haqida oldindan xabardor bo‘lmagani sababli muammolarga duch kelgan.

Foto: AP
Turkiya Migratsiya boshqarmasi tomonidan 2025 yil fevral oyidan boshlab mamlakatga shartli kirish (şartlı giriş) tartibi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 2025 yil fevral oyining boshidan shu kunga qadar 150 dan ortiq xorijiy fuqaro aeroportlarda ushbu yangi qoidalar haqida oldindan xabardor bo‘lmagani sababli muammolarga duch kelgan.
Qayd etilishicha, oldin Turkiyada qonuniy qolish muddatini oshirgan yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olish bo‘yicha rad javobi olgan xorijiy fuqarolar mamlakatga shartli kirish (şartlı giriş) orqali qaytib kelishlari va 10 kun ichida yangi ariza topshirishlari mumkin edi.
Endi bu imkoniyat to‘liq bekor qilindi. O‘z vaqtida chiqib ketmagan yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olishda rad etilgan fuqarolar darhol Turkiyaga qaytolmaydi. Yangi qoidalarga muvofiq fuqarolikka qarab, Turkiyaga kirish taqiqi 3 oydan 6 oygacha bo‘lishi mumkin.
Shu munosabat bilan Bosh kosulxona Turkiyaga kelish niyatida bo‘lgan vatandoshlarni ushbu kiritilgan o‘zgarishni inobatga olishga chaqirib qoladi.
Shuningdek, fuqarolarga Turkiyaga safar qilishdan oldin mazkur davlat migratsiya qoidalari bilan tanishish, hujjatlarida muammo yo‘qligiga ishonch hosil qilish, agar qonuniy qolish muddati tugagan bo‘lsa yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olishda rad etilgan bo‘lsa, ushbu mamlakatni qonunni hurmat qilgan holda tark etishni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

01:01
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

17:17 / 13.04.2025