YeI yetakchilari Ukrainadagi urush bo‘yicha favqulodda sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Bunga AQSh Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga Yevropa davlatlari ishtirokisiz tayyorgarlik ko‘rayotgani sabab bo‘lmoqda. YeIdagi qator davlat yetakchilari sammitdagi ishtirokini tasdiqlagan.

Foto: REUTERS
Yevropa davlatlari yetakchilari Ukrainadagi urushni yakunlash va yagona pozitsiyani ishlab chiqish imkoniyatini muhokama qilish maqsadida Parijda favqulodda sammit o‘tkazish niyatida. Bunga AQSh Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga Yevropa davlatlari ishtirokisiz tayyorgarlik ko‘rayotgani sabab bo‘lmoqda.
Yelisey saroyi hozircha uchrashuv haqida rasmiy xabar bermadi, ammo alohida yetakchilar undagi ishtirokini allaqachon tasdiqlagan. Ular orasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham bor. «Biz Rossiya tomonidan jiddiy tahdidga duch kelyapmiz va Yevropa Ukraina kelajagini ta’minlashi uchun NATOda nisbatan ahamiyatli rolni o‘ynashi kerak. Buyuk Britaniya AQSh va Yevropa birligiga erishish niyatida», — deydi Starmer. Shuningdek, u hozirgi tashqi tahdidlar sharoitida alyans ichida kelishmovchiliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Parij sammitidan keyin Starmer Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Shundan keyin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ishtirokida Yevropa yetakchilari yana bir uchrashuv o‘tkazadi.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte ham sammitda qatnashish niyatida. Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida chiqish qilgan Ryutte Yevropa AQSh tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tinchlik jarayonida faol ishtirok etmoqchi bo‘lsa, aniq takliflarni bildirishi kerakligini aytgan. «Agar yevropaliklar ovoz huquqiga ega bo‘lishni istashsa, ular o‘zlarining ahamiyatini namoyish etishlari kerak», — deydi Ryutte.
Parijda sammit o‘tkazilishi to‘g‘risida birinchi bo‘lib, Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «allaqachon Yevropa yetakchilarini Parijga taklif qilgan».
Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubbga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti yevropalik sheriklarini Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif ishlab chiqishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
Jahon | 17:14
-
Texnomart GUM filialida Samsung kompaniyasining SmartThings zonasi ochilishi: aqlli uy haqiqatga aylanmoqda!
O‘zbekiston | 17:00
-
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
Jahon | 16:39
-
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon
Jamiyat | 16:35
Mavzuga oid

20:56 / 08.04.2025
Pentagon Sharqiy Yevropadagi harbiy kontingentini qisqartirish imkoniyatini muhokama qilmoqda

14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

10:58 / 04.04.2025