Fan-texnika | 00:00 / 17.02.2025
6063
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask «eng aqlli sun’iy intellekt»ni taqdim etishga va’da berdi

Mask o‘zining Grok nomli neyrotarmog‘i ustida 2023 yildan beri ish olib boradi. Oldinroq u ChatGPT chatbotini yaratgan OpenAI kompaniyasini sotib olishga qariyb 100 mlrd dollar taklif qilgan, ammo rad javobini olgan edi.

Foto: Reuters

Amerikalik biznesmen Ilon Mask o‘zining xAI kompaniyasiga tegishli Grok neyrotarmog‘ining uchunchi versiyasi taqdim etilishini e’lon qildi.

«Yerdagi eng aqlli sun’iy intellekt», — deb yozadi u o‘zining X ijtmoiy tarmog‘idagi sahifasiga.

Qayd etilishicha, neyrotarmoqda 17 fevral kuni Tinch okeani vaqti bilan soat 20:00 da taqdim etiladi.

Matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan Grok’ni takomillashtirish ustidagi ishlari 2023 yildan beri davom etmoqda. Chatbotdan X ijtimoiy tarmog‘ining premium obunachilari foydalana oladi. Ilon Maskning ta’kidlashicha, uning sun’iy intellekti «X platformasi orqali real vaqt rejimida axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega, bu esa neyrotarmoqni boshqa dasturlardan ustuvorligini ta’minlaydi», shuningdek, u sarkazm va yumorga boy matnlarni ham yarata oladi.

11 fevral kuni Mask ChatGPT’ni yaratgan OpenAI kompaniyasini 97,4 milliard dollarga sotib olish taklifini bildirgan edi. OpenAI rahbari Sem Altman «Yo‘q, rahmat, ammo xohlasangiz biz Twitterʼni 9,74 milliard dollarga sotib olishimiz mumkin», deya javob qaytargan. Ilon Mask Twitterʼni 2022 yilda 44 milliard dollarga sotib olgan va uning nomini Xʼga o‘zgartirgandi.

2015 yilda Altman OpenAI’ga Mask bilan birga asos solgan. Kompaniya «sun’iy intellekt texnologiyalari tadqiqotiga mo‘ljallangan notijoriy kompaniya» sifatida tuzilgan. Ammo 2019 yilda kompaniya tijoriy faoliyatga o‘tishi sabab Mask loyihani tar etgan va hatto OpenAI’ni sudga bergandi.

Hozirda OpenAI Yaponiyaning Softbank’idan 40 milliard dollargacha investitsiya jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. NYT manbalariga ko‘ra, bank va boshqa investorlar GPT yaratuvchisini 300 milliard dollarga baholamoqda.

Mavzuga oid