Tramp Zelenskiyni «saylovsiz diktator» deb atadi
AQSh prezidenti Ukraina rahbari reytingi bo‘yicha bahsni davom ettirdi.

Foto: Reuters
Prezident Donald Tramp o‘ziga tegishli «Truth» ijtimoiy tarmog‘ida AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 350 milliard dollar, Yevropa esa 150 milliard dollar sarflaganini yozdi.
«Nisbatan muvaffaqiyatli komediyachi» Volodimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarni g‘alaba qozonib bo‘lmaydigan va hech qachon boshlanmasligi kerak bo‘lgan urushga kirishi uchun 350 milliard dollar sarflashga ishontirdi», deb yozdi AQSh prezidenti.
Donald Trampning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Yevropadan 200 milliard dollar ko‘proq sarflagan va Yevropaning pullari «kafolatlangan», Qo‘shma Shtatlar esa buning evaziga hech narsa olmaydi. Shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu pullarning yarmi «yo‘qolganini» tan olganini aytdi.
«U [Zelenskiy] saylovni o‘tkazishdan bosh tortyapti, Ukrainadagi so‘rovlarda uning reytingi juda past va uning qo‘lidan keladigan yagona narsa – Baydenni xuddi «skripka kabi chalish» edi. Saylovsiz diktator, Zelenskiy tezroq harakat qilgani ma’qul, aks holda mamlakatidan ajraladi», deb yozdi Tramp.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, o‘zi va jamoasi «Rossiya bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib bormoqda».
«Bayden hatto [muzokaralar olib borishga] urinmadi, Yevropa tinchlikka erisha olmadi. Zelenskiy esa ehtimol pul oqimi davom etishini istayapti. Men Ukrainani yaxshi ko‘raman, lekin Zelenskiy eplolmadi, uning mamlakati vayron bo‘ldi, MILLIONLAR behuda halok bo‘ldi – va bu davom etmoqda...» deb xulosa qildi Tramp.
Bir kun avval Tramp jurnalistlarga Zelenskiyning ishonch reytingi 4 foizni tashkil etishi, bu so‘rov natijalariga tubdan zid ekanini aytdi. Ukraina prezidenti bu dezinformatsiyani «Rossiyadan kelgan» deb atadi. Zelenskiy Tramp «dezinformatsiya makonida» yashayapti, degan xulosaga keldi.
4-9 fevral kunlari Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘ralgan ukrainaliklarning 57 foizi unga ishonch bildiradi, 37 foizi esa uning siyosatini ma’qullamaydi.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, urush Ukrainaga 320 milliard dollarga tushdi, uning 200 milliard dollari AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan berilgan: «Umumiy hisobda AQSh bizga 60 milliard dollar berdi, biz yana qo‘shimcha ravishda 31,5 milliard dollar oldik», dedi Ukraina prezidenti.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:10
-
Hindiston Pokiston chegarani o‘qqa tutayotganini ma’lum qildi
Jahon | 08:50
-
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 08:31
-
Zelenskiy Mersga: Ukraina Germaniyaning qo‘llab-quvvatloviga umid qilmoqda
Jahon | 08:18
Mavzuga oid

08:18
Zelenskiy Mersga: Ukraina Germaniyaning qo‘llab-quvvatloviga umid qilmoqda

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

21:34 / 08.05.2025
Moskva va Vashington Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklash variantini muhokama qilmoqda

19:54 / 08.05.2025