«Chinozda tergov organi vakili sudya bilan janjal qilgan» - Oliy kengash sudyalarga bosim haqida
Sudyalar oliy kengashi sud ishlariga aralashish, sudyalar daxlsizligiga ta’sir o‘tkazish davom etayotganini ma’lum qildi. Xususan, Chinoz tuman sudi raisi chiqargan qarordan norozi bo‘lgan tergov organi vakili sudya bilan janjal qilgan. Kengash holatni tahdid sifatida qabul qilib, prokuraturaga taqdimnoma kiritdi.

2024 yilda sudyalarning daxlsizligini ta’minlash, ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashuvlar bo‘yicha Bosh prokuraturaga 5 ta taqdimnoma kiritilgan. Bu haqda 20 fevral kuni Sudyalar oliy kengashi rahbariyati ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Taqdimnomalar natijasida 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 2 holat o‘rganilmoqda. Shuningdek, 10 nafar sudyaga nisbatan yetarli asoslarsiz qo‘llangan intizomiy jazo choralarini bekor qilish yuzasidan ham tegishli malaka hay’atiga taqdimnoma kiritilgan.
«Sud ishlariga aralashish, sudyalar daxlsizligiga ta’sir o‘tkazish ehtimollari bor va bo‘lib kelgan. Kengash tarkibida sudyalar daxlsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan alohida tuzilma bor, agar bu narsalar bo‘lmaganda, tuzilmaga ehtiyoj bo‘lmasdi. Mana, bitta misol keltirishim mumkin. Yaqinda Chinoz tuman sudi raisi chiqargan qarordan norozi bo‘lgan tergov organi vakili sudya bilan janjal qilgan. Biz buni tahdid sifatida qabul qildik va prokuraturaga taqdimnoma kiritdik. Hozir shu ish bo‘yicha tergov organi vakiliga xizmat tekshiruvi tayinlangan», deya kengash raisi matbuot kotibi Tursunali Akbarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Bosim har xil joydan bo‘lishi mumkin. Hozir ijtimoiy tarmoqlar orqali jurnalist va blogerlar, advokatlar tomonidan ham bilvosita bosim kuzatilmoqda. Davlat organlari tomonidan ham, yuqori sud instansiyasidan ham bo‘lishi mumkin», deydi Tursunali Akbarov.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yilning 20 fevral holatiga tizimda 1518 nafar sudya faoliyat ko‘rsatmoqda. 2024 yilda 40 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan. Ularning 19 nafari o‘z arizasiga ko‘ra, 11 nafari sudyalik qasamyodini, 10 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod qilingan.
Shahzod O‘roqboyev,
Kun.uz
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
Mavzuga oid

23:27 / 12.05.2025
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi

13:59 / 30.04.2025
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi

11:55 / 21.04.2025
Toshkentda sudya mast holatda mashina olib qochgani aytilmoqda

17:55 / 01.04.2025