AQSh BMT tarkibidan chiqish va uni moliyalashtirishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqadi
Senatda «BMT tarkibidan butunlay chiqib ketish» haqidagi qonun loyihasi muhokama qilinadi. Qonunning respublikachi tashabbuskorlari BMT tomonidan AQSh ishonchiga qayta-qayta xiyonat qilingan va mamlakat ularning sog‘in sigiriga aylantirilgan, deb hisoblamoqda.

Foto: Getty images
Respublikachi senator Mayk Li AQSh Senatiga «BMT tarkibidan butunlay chiqib ketish» haqidagi qonun loyihasini kiritdi. Kongress yuqori palatasi saytida chop etilgan press-relizga ko‘ra, tashabbus muallifi Qo‘shma Shtatlar BMT tarkibidan chiqishi va uni moliyalashtirishni to‘xtatishi kerak, deb hisoblaydi.
Qonun loyihasining asosiy elementlari:
- 1945 yilda Kongress tomonidan qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida ishtirok etish to‘g‘risidagi qonun va BMT Bosh qarorgohi (Nyu-York shahrida joylashgan) to‘g‘risidagi bitim kabi asosiy hujjatlarni bekor qilish;
- Qo‘shma Shtatlar tomonidan BMT faoliyatini moliyalashtirishning barcha shakllarini, shu jumladan majburiy va ixtiyoriy badallarni to‘xtatish;
- AQSh harbiylarining BMT tinchlikparvar operatsiyalarida har qanday ishtirokini taqiqlash;
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va BMT konvensiyalaridan rasman chiqish;
- BMT bilan kelajakdagi har qanday hamkorlikning Senat tomonidan ma’qullanishi.
«Amerikaliklarning mashaqqat bilan ishlab topgan pullari bizning qadriyatlarimizga qarshi kurashuvchi, zolimlarga yordamlashuvchi, ittifoqchilarga xiyonat qiladigan va mutaassiblikni yoyadigan tashabbuslarga yo‘naltirildi. Kelajakda BMT bilan hamkorlik faqat bizning shartlarimiz bo‘yicha bo‘lishi kerak», dedi Li.
«BMT bizning ishonchimizga qayta-qayta xiyonat qildi va biz ularning sog‘in sigiriga aylanib, o‘z milliy xavfsizligimiz va manfaatlarimizga putur yetkaza olmaymiz», dedi tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan senator Marsha Blekbern. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun bilan AQSh BMT faoliyatini moliyalashtirishni butunlay to‘xtatib qo‘yadi va «bu tashkilotni HAMAS va Xitoy Kommunistik partiyasi terrorchilari yonini olgani uchun javobgarlikka tortadi».
Vakillar palatasining ikki nafar respublikachisi ham qonun loyihasini Kongressning quyi palatasiga taqdim etadi. Ulardan biri Chip Roy BMTni HAMASni qo‘llab-quvvatlashda va AQSh ittifoqchisi bo‘lgan Isroilni nishonga olishda, shuningdek, «iqlim talvasasini tarqatishda» va «Xitoyning majburiy abort va sterilizatsiya dasturlarini yashirishda» aybladi.
«BMT nimaga erishdi? Barcha pul va e’tiborga qaramay, bu buzuq globalistik tashkilot o‘nlab yillar davomida urushlar, genotsidlar, inson huquqlari buzilishi va hatto pandemiyalarning oldini ololmadi», dedi Roy.
AQSh Xalqaro aloqalar kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 2022 yilda BMTga 18 milliard dollar xayriya qilgan, bu tashkilot budjetining uchdan bir qismini tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20 / 31.05.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31 / 31.05.2025
Mavzuga oid

14:42 / 31.05.2025
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

13:41 / 31.05.2025
AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

12:50 / 31.05.2025
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi

12:25 / 31.05.2025