O‘zbekiston va Pokiston "Torxam-Termiz" transport koridori loyihasini amalga oshiradi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev, Savdo-sanoat palatasi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari", "O‘zto‘qimachiliksanoat" va "O‘zcharmsanoat" uyushmalari mutasaddilari hamda Surxondaryo viloyati tadbirkorlaridan iborat mamlakat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Pokistonning Karachi shahrida bo‘ldi.

Foto: Dunyo
Mamlakat delegatsiyasi safar davomida National Logistics Corporation – NLC kompaniyasining off-dok terminali faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, kompaniya rahbariyati bilan O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish istiqbollariga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazildi.
Kompaniyaning xalqaro tashuvlar bo‘yicha bosh direktori Zahiriddin Babar Pokiston O‘zbekistonni shimoliy bozorlarga kirib borish uchun strategik yo‘nalish, "Termiz Kargo markazi"ni bu boradagi muhim rejalarni amalga oshirish uchun ishonchli hamkor, deya qayd etdi.
"O‘zbekiston Markaziy Osiyo, MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bozorlarida Pokiston ishtirokiga erishishimiz uchun muhim hamkor hisoblanadi. Ushbu bozorlarga tovarlarni Termiz orqali temiryo‘lda tashish imkoniyati juda qulay yechimlardan biri. Shu bilan birga yuklarni tashishda alternativ yo‘nalishlarni ishlab chiqishimiz uchun ham barcha imkoniyatlar mavjud", dedi Zahiriddin Babar.
NLC kompaniyasi, uning texnik imkoniyatlari va logistik infratuzilmasi, jumladan, off-dok terminallari hamda ulardagi xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari, yuklarni dengiz, havo va quruqlik orqali tashish borasidagi tajribasi, "eshikdan eshikkacha" tamoyili va TIR shartlari asosida faoliyat olib borishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston yuklarini tashish, bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish, to‘lovlarni optimallashtirish, boshqa xizmat turlari va shartlari, logistik jarayonlarni osonlashtirish bo‘yicha tomonlarning takliflari muhokama qilindi. Transport-logistika tashuvlarining uzluksizligi borasida yuzaga kelayotgan to‘siqlarni tezkor bartaraf etish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
Muzokaralar natijasida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqligi tashabbusi doirasidagi yangi va maqsadli loyiha – "Torxam-Termiz" yo‘nalishidagi transport koridori loyihasi muvofiqlashtirilib, unda NLC kompaniyacining 100 ta yuk mashinasi shattl rejimida muntazam ravishda yuklarni tashishi masalasi kelishildi.
Uchrashuvdan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi NLC'ning Karachi shahrida yirik off-dok terminalidagi sharoitlar va saqlash omborining imkoniyatlari bilan tanishdi. Termiz shahridagi "Xalqaro Kargo markazi" bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan saqlash omborlarini bunyod etish bo‘yicha qo‘shma loyiha taklifi bildirildi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda
Jahon | 17:34
-
SF Airlines aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 17:28
-
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 17:25
-
Ijtimoiy og‘ir 300 ta mahallada kichik quvvatli fotoelektr stansiyalari quriladi
O‘zbekiston | 17:22
Mavzuga oid

07:57
Rossiyaga Pokistondan migrantlar olib kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

11:18 / 01.04.2025
Pokiston O‘zbekistonda yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda

16:16 / 31.03.2025
Pokistonda O‘zbekiston sanoat mahsulotlarini saqlash ombori tashkil etiladi

20:53 / 13.03.2025