Yaqinda ham Sirdaryo, ham Qaşqadaryoda öqituvçi kaltaklangani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqab, jamoatçilikning keskin tanqidlariga sabab böldi. Muallimlar qançalik uluğlanmasin, real hayotda zöravonlikdan töliq qutulolgani yöq. Afsuski, öqituvçini qadrlaşning yuridik asoslari mört va ularni döpposlaganlar yengil jazolar bilan qutulmoqda. Xöş, maktablarga erkin kirib çiqiş qançalik töğri va bu maktablarda öqituvçilar özini xavfsiz his qiladimi?
Jamiyatimizda öqituvçilarning örni qayerda?
Sanoqli kunlar avval Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi maktabda öquvçining onasi öqituvçini butun sinf oldida jiddiy kaltaklagani aks etgan video tarqalar ekan, jamoatçilik bundan ğazablandi. Keyinçalik bu ayol aqli zaifligi sabab ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgani xabar qilindi. Qaşqadaryodagi maktabda esa öquvçining özi ustozini kaltaklagan. Umuman olganda, oxirgi yillarda önlab öqituvçilar zöravonlikdan aziyat çekkaniga guvoh böldik. Öquvçi, ularning ota-onasi, qarindoşi, direktor, maktab qorovulidan tortib direktor örinbosarigaça öqituvçini döpposlagan holatlar kuzatilmoqda. Biroq bunday munosabatga javobgarlik, afsuski, yumşoqligiça qolyapti.
Kun.uz suhbatlaşgan ekspert va soha mutaxassislariga köra, rostdan ham öqituvçiga kötarilgan qölni oqlab bölmaydi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xodimi Sardor Rahimboyev fikriça, maktabga kiriş bugun qiyin iş emas, ayniqsa çekka hududlarda. Bundan taşqari, qişloq joylarida hamma bir-birovini tanigani bois maktablarga kirişda tekşiruv ham yöq.
“Öqituvçiga tuşirilgan muşt – ta’lim tizimiga tuşirilgan muşt. Ayol kimningdir onasi, singlisi yoki qizi. Pedagoglarning kasbiy faoliyatiga asossiz aralaşiş mumkin emasligi belgilangan. Davlatimizda nafaqat öqituvçi, balki heç kimga muşt tuşirişga ruxsat berilmagan. Masala – jazoni berişda. Har qanday holatda ham öqituvçiga qöl kötarişni qabul qilib bölmaydi” – Sardor Rahimboyev, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xodimi
Ta’lim böyiça ekspert Şokir Tursunga köra, öqituvçilarning obröyi jamiyatimizda pastligiça qolmoqda. Avvalo, örtaça iş haqida kam maoş olişi hamda uzoq yillar davomida ustozga nisbatan hurmatsizlik, majburiy mehnat şaroitlari bu kasb egalarining qadrini tuşirib yuborgan.
“Öqituvçilar jamiyatning eng oldi vakili bölişi, hamma ularni hurmat qilişi kerak. Sotsiologiyada avtoritetlar yaratiladi, kasblar orqali tanlanadi, hukumat esa unga signallar beradi. Özbekistonda biz öqituvçini avtoritetga olib çiqolmadik, sababi ular hali ham örtaça oylikdan kam maoş oladi. Asosiy muammomiz – öqituvçining jamiyatdagi örnini şakllantira olmadik”







