Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 800 mingga yaqin voyaga yetmagan migrant bolalar bor - Rossiya IIV
Ularning 13,4 foizi o‘zbekistonliklar ekani ta’kidlanmoqda.
Rossiyada faqat 154 ming nafar voyaga yetmagan chet el fuqarolari yashash joyida ro‘yxatga olingan, bu ularning umumiy sonining 20 foizini tashkil qiladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Gennadiy Kudryashov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada qariyb 766 ming nafar voyaga yetmagan migrant bo‘lib, ularning asosiy qismini Tojikiston (26 foiz), Qirg‘iziston (14 foiz), O‘zbekiston (13,4 foiz), Belarus (12,6 foiz) va Ukraina (8 foizdan ortiq) fuqarolari tashkil etadi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ko‘plab ota-onalar farzandlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaydi, deb hisoblaydi va bu borada nazoratni kuchaytirishga chaqiradi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.06.2026
1 iyundan Rossiya qonunchiligida migrantlar uchun qator o‘zgarishlar kuchga kirdi
18:42 / 01.06.2026
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
18:32 / 27.05.2026
2026 yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar e’lon qilindi
23:10 / 25.05.2026