Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myunxen va Hamburg aeroportlari xodimlari ish tashlash e’lon qildi
Kasaba uyushmalari davlat xizmatchilarining maoshlari oshirilishini talab qilmoqda. Ish tashlashlar sabab Myunxendagi reyslarning qariyb 80 foizi bekor qilingan.
Myunxen va Hamburg aeroportlarida kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan 27 fevral kuni ikki kunlik ish tashlash boshlandi.
Qayd etilishicha, unda asosan yo‘lovchilarning reysga chiqarilishida xizmat ko‘rsatadigan ishchilar — axborot-texnik, aeroportlar xavfsizlik xizmati, yo‘lovchilar nazorati va yuklarni tayyorlash bo‘limlari xodimlari qatnashmoqda.
Kattaligi bo‘yicha Germaniyada ikkinchi o‘rinda turadigan Myunxen aeroportida reyslarning qariyb 80 foizi bekor qilingan. Hamburgda aeroport rahbariyati parvozlar rejasini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan, ammo ayrim reyslar kechikishi mumkinligi aytilgan. Har ikkala aeroport ham yo‘lovchilarga kechiktiriladigan yoki bekor qilinadigan reyslar bo‘yicha ma’lumotlarni kuzatib borishni so‘rab, murojaat yo‘llagan.
Ta’kidlanishicha, ish tashlashlar davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish maqsadida ish beruvchilarga bosim qilish uchun tashkil etilgan. Aviakompaniyalar ushbu muzokaralar ishtirokchisi hisoblanmasa-da, yo‘lovchilar aviachiptalarini bekor qilishlari ortidan ular ham zarar ko‘radi.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026