Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Ayolning turmush o‘rtog‘i deportatsiya qilinganidan keyin oila qiyin vaziyatda qolgan va ijaradagi uydan haydalgan.
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Primorsk o‘lkasida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan J.D. hamda uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik ayol shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i bilan 2019 yilda ishlash maqsadida Primorsk o‘lkasiga borgan. J.D. bir necha yil davomida farrosh bo‘lib ishlagan. Turmush o‘rtog‘i Rossiya hududida bo‘lish hujjatlarini vaqtida rasmiylashtirmagani uchun joriy yil fevral oyida sud hukmi bilan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Shu bois ushbu oila qiyin vaziyatda qolgan va ijaradagi uydan haydalgan.
Bosh konsulxonaga qilingan murojaatdan so‘ng Vladivostok shahridagi o‘zbek diasporal tashkiloti vakillari, faol vatandoshlar ko‘magida ayol hamda uning bolalari turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlangan.
26 fevral kuni esa Uzbekistan Airways AJning Vladivostok—Toshkent yo‘nalishidagi samolyotga chipta sotib olib berilgan va O‘zbekistonga qaytarilgan.
Avvalroq Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan ikki nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik RF Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga olib kelingan edi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025