«Tramp Putindek fikrlamoqda»: liberal jahon tartibi tugadimi?
|17:08 / 28.02.202511 06415 min
Foto: eastbaytimes.comFoto: eastbaytimes.com
Sönggi uç yil davomida AQŞ va uning ittifoqçilari Rossiyani xalqaro izolyatsiyaga tuşirişga urindi, uni xalqaro huquq va liberal jahon tartibi asoslarini buzganlikda aybladi. Biroq Donald Tramp Moskva bilan munosabatlarni tiklamoqda va Rossiyani tajovuzkor, Ukraina esa agressiya qurboni deb ataşdan boş tortmoqda. BBC xalqaro munosabatlar böyiça mutaxassislardan ayni vaziyat 1990-yillarda şakllangan jahon tizimi tugayotganini anglatişi yoki yöqligini sörab çiqdi.
Liberal gegemoniya davri
2023 yil fevral oyida Varşavadagi Qirollik saroyi oldida nutq sözlar ekan, AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi uruşni «erkinlik uçun buyuk kuraş» deb atagandi. U bu qoidalarga asoslangan tartib va faqat kuçga tayanib işlaydigan tartib örtasida keçayotgan kuraş ekanini ta’kidlagandi.
Ukrainaga qarşi keng kölamli bosqinni boşlagan Rossiya nafaqat köplab davlatlar közida xalqaro huquqni buzdi. U şu bilan birga, AQŞ yetakçiligi ostida şakllangan xalqaro tartib qoidalariga ham qarşi çiqdi.
Liberal jahon tartibi (şuningdek, u «qoidalarga asoslangan jahon tartibi» — rules-based order deb ham ataladi) davlatlar örtasidagi munosabatlarni majburiyatlar, prinsiplar va normalarga asoslab şakllangan tizimdir. Uning poydevori xalqaro huquq va xalqaro institutlardan, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT), uning Boş Assambleyasi va Xavfsizlik Kengaşidan iborat.
BMT Nizomi davlatlar örtasidagi asosiy qoidalarni belgilaydi: hududiy yaxlitlik va suverenitetga hurmat, nizolarni tinç yöl bilan hal qiliş va kuç işlatişdan voz keçiş. Şuningdek, u inson huquqlariga hurmatni ham öz içiga oladi. Bu şartnoma iştirokçilari BMTga a’zo bölgan 193 davlatdir.
Biroq, liberal jahon tartibi ma’lum bir qadriyatlar töplamini ham nazarda tutadi, masalan, erkin savdo va qöşimça institutlar, jumladan, Jahon savdo taşkiloti, Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon banki.
Şu bilan birga, bu tartib ğoyaviy asosga ham ega bölib, unga köra, Ğarb liberal demokratiyasi eng mukammal boşqaruv şakli ekanini nazarda tutadi.
Liberal jahon tartibining eng yuqori çöqqisi 1990-yillarga töğri keldi. Sovuq uruş yakunlanganidan söng, uç qit’adagi önlab davlatlar iqtisodiyotda bozor islohotlarini ötkaza boşladi va kamida qoğozda demokratik islohotlarni e’lon qildi.
Mavzuga oid
Ularning köpçiligi liberal qadriyatlarga faqatgina sözda amal qilardi. Şunga qaramay, köplab rivojlanayotgan mamlakatlar global bozorlarga kiriş imkoniyati orqali boyigan edi — yalpi içki mahsuloti ön yil davomida örtaça 9 foizdan ösgan Xitoydan tortib Irlandiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Argentina, Çili va boşqa davlatlargaça.
Köplab murakkab va qonli nizolar tugaşi ham şu davrga töğri keldi — Bask ayirmaçilari va Ispaniya hukumati örtasidagi yarim asrlik töqnaşuv, Şimoliy Irlandiyadagi öttiz yillik mojaro, Eritreyaning mustaqilligi uçun olib borilgan öttiz yillik uruşi, Livandagi ön beş yillik fuqarolik uruşi va boşqalar. Uşbu nizolarning köpçiligi bevosita yoki bilvosita sovuq uruş davrida AQŞ va SSSR örtasidagi qarama-qarşilik bilan boğliq edi.
Sovuq uruş yakunlanganidan keyin dunyoda faqat bitta barqudrat davlat qoldi — AQŞ. Bu esa uni xalqaro mojarolarda vositaçi sifatida harakat qiliş imkonini berdi. 1990 yildan 2015 yilgaça dunyo böylab 1100 dan ortiq tinçlik şartnomalari imzolandi.
Jo Bayden aniq pritsiplarga asoslangan taşqi siyosatni va’da qilgandi, biroq ikkiyuzlamaçilikda ayblandi. Foto: Reuters
Xalqaro huquqni buziş holati BMT Boş Assambleyasining rezolyutsiyasi yoki BMT Xalqaro sudi qarori orqali rasmiy tarzda qayd etilişi mumkin. Şundan söng, BMT Xavfsizlik Kengaşi iqtisodiy sanksiyalar joriy qiliş yoki hatto harbiy kuç işlatiş haqida qaror qabul qiladi.
Lekin reallikda, sanksiyalar va harbiy intervensiyalar BMT mandatisiz ham qöllanadi — bu amaliyotni Rossiya köp yillardan beri tanqid qilib keladi.
2007 yilda Myunxenda ötkazilgan Xavfsizlik anjumanida nutq sözlagan Rossiya prezidenti Vladimir Putin quyidagilarni bayon etgan edi: «Kuç işlatişni legitim deb hisoblaş mumkin, faqat BMT doirasida va uning qarori asosida. BMT örniga NATO yoki Yevropa Ittifoqini qöyiş kerak emas».
Biroq 2014 yildan beri Putinning özi BMT sanksiyasisiz kuç işlatib kelmoqda. Ğarb nuqtayi nazaridan qaraganda, aynan Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzi sovuq uruş tugaganidan buyon xalqaro tartib-qoidalarning eng dahşatli buzilişi böldi.
«Liberal jahon tartibining uçta asosiy tamoyili buzildi. Birinçisi — kuç işlatib hududiy çegaralarni özgartirişga yöl qöyilmasligi. Ikkinçisi — fuqarolardan iborat tinç aholiga qarşi uruş vositasi sifatida kuç işlatilişi mumkin emasligi. Uçinçisi — yadroviy quroldan foydalaniş bilan tahdid qiliş mumkin emasligi. Putin esa dastlabki ikkita punktni bajardi va uçinçisi bilan tahdid qildi. Demak, bu haqiqiy inqiroz», — deb tuşuntiradi Financial Times naşriga bergan intervyusida Prinston universiteti professori Jon Aykenberri.
Ğarbning ayblovlariga javoban, Rossiya diplomatiyasi liberal jahon tartibini tanqid qilişni özining asosiy mavzusiga aylantirdi. Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov fikriça, bunday tartib xalqaro huquq va BMT institutlarini çetga surib, örniga heç qanday şartnomalarda mustahkamlanmagan özboşimça qoidalarni taklif qilişni anglatadi.
Köplab davlatlar, jumladan NATO böyiça hamkorlar ham AQŞni ikkiyuzlamaçilik va falastinliklar taqdiriga loqaydlikda ayblaşdi. Foto: haberglobal.com.tr
Moskva köpinça 1999 yilda Yugoslaviyaga qilingan havo hujumlari, 2003 yilda Iroqqa qilingan bosqin va 2008 yilda Kosovo mustaqilligi tan olinişi haqida eslatib, buni AQŞ va NATO tomonidan BMT Xavfsizlik Kengaşi mandatisiz amalga oşirilgan va BMT Nizomi moddalarini buzgan harakatlar, deya baholaydi.
Liberal jahon tartibi uçun eng katta sinovlardan biri – AQŞning Isroil va Hamas örtasidagi mojaroga nisbatan pozitsiyasi böldi. Bayden ma’muriyatining Isroilga harbiy yordam berişini köplab davlatlar keskin tanqid qildi va Vaşingtonni ön minglab falastinliklar halok bölişiga befarqlikda aybladi.
«Bu mutlaqo oçiq-oydin ikkiyuzlamaçilik va ikki tomonlama standartlar, — dedi Washington Post naşriga bergan intervyusida NATO a’zosi bölgan Turkiya parlamenti raisi Nö’mon Qurtulmuş. — Agar falastinlik qurbonlar ukrain qurbonlari bilan teng deb hisoblanmasa, bu insoniyat içida ma’lum bir iyerarxiya yaratişga urinişdir. Bu mutlaqo qabul qilinmaydigan holat».
Liberal jahon tartibining yetakçi nazariyaçisi, Prinston universiteti professori Jon Aykenberri tan olişiça, bu tartib «AQŞga, Amerika dollariga va Amerika iqtisodiyotiga boğlangan» bölib, BMT Xavfsizlik Kengaşidan köra NATO va Amerika rahbarlik qiladigan boşqa alyanslarga köproq tayanadi. U bu holatni AQŞning «liberal gegemoniyasi» deb ataydi.
Gegemondan revizionistga
Xalqaro munosabatlar tizimini qayta körib çiqişni xohlovçi davlatlar odatda revizionist davlatlar deb ataladi. Amerikalik siyosatçilar va tahlilçilar bunga misol qilib köpinça Xitoy va Rossiyaning AQŞ nufuzini pasaytirişga qaratilgan urinişlarini körsatib kelişgan.
Donald Trampning birinçi prezidentlik muddati davomida qabul qilingan asosiy taşqi siyosat hujjatlaridan birida AQŞ taraqqiyotiga tahdid soluvçi asosiy muammolar qatorida aynan revizionist davlatlar nomlangan.
AQŞ Mudofaa vazirligi tomonidan işlab çiqilgan Milliy xavfsizlik strategiyasida şunday deyilgan edi:
«Xitoy va Rossiya dunyo tartibini öz avtoritar modellariga muvofiq şakllantirişni, iqtisodiyot, diplomatiya va xavfsizlik borasida boşqa davlatlarning qarorlariga veto qöyiş huquqini qölga kiritişni istaydi».
Biroq Prinston universiteti professori Jon Aykenberrining fikriça, sönggi oylarda xalqaro maydondagi eng katta revizionist davlat aynan AQŞ bölib qolmoqda. Financial Times naşriga bergan intervyusida olim şunday deydi: «Tramp amalda liberal jahon tartibining deyarli barça elementlarini qayta körib çiqişni rejalaştirmoqda. Bu savdo, ittifoqdoşlar bilan munosabatlar, demokratiyalar örtasidagi birdamlik va inson huquqlarini himoya qiliş siyosatiga ham taalluqli».
Trampning özi ham «Mening ma’muriyatim avvalgi ma’muriyatning taşqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklarini va oçiğini aytganda, butun ötmiş tajribalarini qat’iy rad etadi» degan edi.
BMT Boş Aasssamblyasida Ukrainadagi uruş böyiça rezolyutsiyaga ovoz beriş jarayonida AQŞ Rossiyani qölladi. Foto: Getty Images
Kongress va sud hokimiyati yangi ma’muriyatning ayrim radikal taşabbuslarini töxtatişi mumkin. Biroq taşqi siyosat masalalari töliq prezident vakolatida bölgani uçun Trampning bu yönalişdagi özgarişlariga qarşilik qiliş ança qiyin keçişi mumkin.
2025 yil yanvar oyida AQŞ davlat kotibi Marko Rubio liberal jahon tartibi taşqi siyosat örnini bosa oladi deb öylovçilarga tanqidiy hujum qildi. «Bu şunçaki orzular emas edi – bu juda xavfli xomxayol edi», dedi u Senatdagi çiqişida.
Tramp ma’muriyati aynan şu milliy manfaatlar nuqtayi nazaridan Rossiya bilan munosabatlarni yaxşilaşga intilişini tuşuntirmoqda. «Bu mojaro davom etişi Rossiya uçun yomon, Ukraina uçun yomon va Yevropaga ham zarar yetkazadi. Eng muhimi — u Amerika manfaatlariga ham zid», deb yozgan AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens.
Yanvar oyidagi inauguratsiya nutqida Tramp AQŞni yana dunyodagi eng qudratli davlat maqomiga qaytarişga, Panama kanali ustidagi nazoratni tiklaşga va mamlakat hududini kengaytirişga va’da berdi.
Biroq hozirça uning diplomatik inqilobi yangi ma’muriyatning eng ommaga xuş kelayotgan siyosati emas. Gallup sörovi amerikaliklar Trampning eng ijobiy siyosatini immigratsiya böyiça qarorlar deb hisoblaşini, eng kam qöllab-quvvatlangan sohalar esa Ukraina uruşi va Isroil-Falastin mojarosi bölganini körsatdi. Sörov natijalariga köra, amerikaliklarning 65 foizi Ukrainaga AQŞning ittifoqdoşi yoki döstona mamlakat sifatida qaraydi, 47 foizi esa Volodimir Zelenskiyga ijobiy munosabatda.
Myunxen kelişuvi yoki Yalta konferensiyasi?
«2025 yil fevral oyiga kelib, aynan AQŞ xalqaro qoidalarga asoslangan jahon tartibiga tahdid solmoqda», — deydi Oksford universiteti huzuridagi Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi Juli Nyuton BBCʼga bergan intervyusida.
U Vaşingtonning Ukraina tabiiy resurslariga bölgan huquqlarni talab qilişi, Rossiya bilan munosabatlarni normallaştirişga harakat qilayotgani, Trampning Zelenskiyga qarşi keskin çiqişlari va Yevropadagi öta öng partiyalarni qöllab-quvvatlaşi xalqaro tartibni buzişga xizmat qilmoqda, deb hisoblaydi.
Rossiyaning Ukrainaga tölaqonli hujumiga uç yil tölgan 24 fevral kuni BMT Boş Assambleyasi Rossiya tajovuzini qoralaş va bosib olingan hududlardan uni çiqarişni talab qiliş böyiça rezolyutsiyani muhokama qildi. Biroq AQŞ bu hujjatga qarşi ovoz berdi va özining muqobil rezolyutsiyasini taklif qildi. Unda Rossiya va Ukraina örtasidagi nizo tufayli «fojiaviy yöqotişlar» haqida umumiy ta’ziya bildirildi, ammo tajovuz va bosib oliş haqida gap ketmadi.
Şu bilan birga, Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan AQŞ va Rossiya örtasida iqtisodiy munosabatlarni tiklaş masalasini muhokama qilayotganini aytdi.
«Kimgadir bu vaziyat 1938 yildagi Myunxen kelişuvini, kimgadir 1939 yildagi Molotov-Ribbentrop paktini eslatişi mumkin. Biroq Trampning diplomatik inqilobi Helsinki kelişuvlarining tamoyillarini yöq qiladi va AQŞni öz ittifoqçilari közida raqibga aylantiradi», — deydi Nyuton.
1975 yilda imzolangan Helsinki kelişuvlari AQŞ, SSSR va Yevropadagi davlatlar örtasidagi normativ asoslardan biri bölib, unda hududiy yaxlitlik, çegaralar özgarmasligi va boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik kabi prinsiplar belgilangandi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropani Rossiyaga qarşi yolğiz qoldirmaslikka Donald Trampni köndiriş uçun Vaşingtonga bordi. Foto: Reuters
«Tramp Putin singari — XIX asr imperialistidek fikrlaydi», deydi Jons Hopkins universiteti huzuridagi Henri Kissinjyer Jahon siyosati markazi faxriy professori Sergey Radçenko.
Tarixçi Tramp va Putin örtasidagi muzokaralarni 1945 yilgi Yalta konferensiyasi bilan soliştiradi, u yerda Ikkinçi jahon uruşi ğoliblari — SSSR, AQŞ va Buyuk Britaniya Yevropani ta’sir doiralariga ajratiş böyiça kelişuvga erişgan edi. Biroq Radçenko bugungi Yevropa öşa davrdan farqli ravişda ikkita yadroviy davlatini öz içiga olgan, dunyodagi eng boy mamlakatlar ittifoqi ekanini ta’kidlaydi.
«Yevropaning iqtisodiy qudrati va Rossiyaga ta’sir ötkaziş uçun zarur iqtisodiy vositalari bor. Tramp Putin bilan neçoğlik yaqinlaşmasin, Yevropa davlatlari va Rossiya örtasidagi munosabatlar bir vaqtning özida normallaşişi amrimahol», — dedi Radçenko BBC bilan suhbatda.
Biroq, Atlantic Council Yevrosiyo markazi direktori örinbosari Şelbi Magid hali liberal jahon tartibi tugaşi haqida xulosa çiqarişga erta deb hisoblaydi. U AQŞ tomonidan kiritilgan barça sanksiyalar hamon kuçda ekani va Tramp ma’muriyati ularni bekor qiliş masalasini Ukrainadagi uruş tugaşi bilan boğlab körayotganini ta’kidlaydi.
«Ha, biz erta va xavfli normallaşuv ehtimolini istisno qilmaymiz, ammo hozirça bu amalga oşgani yöq. Oxir-oqibat, xalqaro tartibning kelajagi uruş qanday tugaşi va tinçlik qanday ta’minlanişiga boğliq böladi, unga qanday yetib borganimiz emas», — dedi Magid.