Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tili sifatida e’lon qilmoqchi
Donald Tramp prezidentlik kampaniyasi davrida ingliz tilini bilmaydigan migrant talabalar sinfxonalarda muloqot qila olmasligidan xavotirda ekanini aytgandi.
Donald Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tili sifatida tan olishni belgilovchi farmonni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi AQSh ma’muriyatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
«Farmonning tushuntirish xatida keltirilishicha, ingliz tilini milliy tilga aylantirishdan maqsad birdamlikka ko‘maklashish, hukumat faoliyati samaradorligini oshirish va fuqarolar faolligini ta’minlashdan iborat», — deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, farmon sobiq prezident Bill Klinton tomonidan chiqarilgan federal mandatni bekor qiladi. U agentliklar va boshqa federal moliyalashtirishni oladiganlarga ingliz tilini bilmaydigan odamlarga tarjima borasida yordam ko‘rsatish majburiyatini yuklaydi.
Hujjatda qayd etilishicha, shu bilan birga agentliklar ingliz tilidan tashqari boshqa tillarda ham hujjatlar va xizmatlarni taqdim etishlari mumkin.
Donald Tramp prezidentlik kampaniyasi davrida ingliz tilini bilmaydigan migrant talabalar sinfxonalarda muloqot qila olmasligidan xavotirda ekanini aytgandi. Amerika yetakchisi bir necha bor ingliz tilini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va AQSh aholisi aynan shu tilda gaplashishi kerakligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
17:09 / 25.06.2026
«Zelenskiyning ishlari chakki emas. U jasur odam» – Tramp
22:21 / 23.06.2026