DXX sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimini qo‘lga oldi
Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimi boshqarmaga qarashli Maxsus tibbiy ta’minot bazasida saqlanayotgan tibbiyot buyumlarini xaridorga hujjatlarni qalbakilashtirish orqali 57 880 dollarga sotishga kelishib, oldindan 40 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodim, elektr ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi va maktab direktori o‘rinbosari ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi Boshqarmaga qarashli Maxsus tibbiy ta’minot bazasida saqlanayotgan tibbiyot buyumlarini xaridorga hujjatlarni qalbakilashtirish orqali 57 ming 880 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax filiali Sharof Rashidov tumani elektr ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi mazkur aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Energosavdo” korxonasining tuman bo‘limi nazoratchisi bilan o‘zaro til biriktirib, yakka tartibdagi tadbirkorning M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li yoqasida joylashgan yer maydoniga elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchasini tashkil etishi uchun 400 kVtli transformator o‘rnatish, tegishli tartibda barcha hujjatlarni tayyorlash va tarmoqqa ulab berish evaziga 90 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jizzax viloyatida qayd etilgan yana bir holatda, Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahridagi umumta’lim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda yo‘nalish bo‘yicha kimyo va biologiya fanlaridan imtiyoz beruvchi milliy sertifikat olish bo‘yicha imtihonlarning test savollari va javoblarini mansabdor tanishlari orqali olib berish evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, 8 ming AQSh dollari va 156 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasining 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:00
-
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:58
-
«Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi
O‘zbekiston | 10:42
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi
Jahon | 09:56
Mavzuga oid

11:54 / 28.03.2025
Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

10:32 / 28.03.2025
Toshkentda 4 ta maktabning futbol maydonini ijaraga olib bermoqchi bo‘lgan bog‘cha rahbari ushlandi

16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

11:50 / 25.03.2025