Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vakolatlari aniqlashtirilmoqda
Prezident tomonidan «Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bundan buyon Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari ham dastlabki tergovni amalga oshiradi.
Departament tergovchilari quyidagi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi:
• valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish;
• to‘lovga soxta qobiliyatsizlik;
• to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish;
• qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish;
• juda ko‘p miqdorda soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash;
• iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish juda ko‘p miqdorda;
• bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
• etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanishi yoki ishlab chiqarilishi.
Departamentning Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi:
- budjet to‘g‘risidagi qonunchilikka, budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi;
- budjet tizimi budjetlarining xarajatlari ijrosi;
- budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va to‘liqligi;
- budjet tizimi budjetlari mablag‘larining maqsadli sarflanishi;
- rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi;
- O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valutasidagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi;
- pensiyalar va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi, hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi;
- budjet subsidiyalari, ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
- O‘zbekiston tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;
- insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi;
- davlat xaridlari bo‘yicha tender (tanlov) savdolarining to‘g‘ri o‘tkazilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya Toshkentda reabilitatsiya markazini tashkil etadi
O‘zbekiston | 10:40
-
Tumanlarda energiya balansini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi
O‘zbekiston | 10:30
-
Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyoti joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 10:22
-
Rossiya Dnipro va Xarkivga dronlar bilan zarba berdi
Jahon | 10:10
Mavzuga oid

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

09:16 / 20.03.2025
O‘zbekiston Malayziya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy hamkorlik qiladi

11:15 / 19.03.2025