Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 mart kuni qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 7 mart, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+5 daraja, kunduz +9...+11 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja; Ustyurtda kechasi –2...+3 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, Navoiy viloyatida ayrim joylarda ba’zida 25–30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +7...+12 daraja; Navoiy viloyati shimolida kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, Jizzax viloyatida ayrim joylarda 25–30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22–27 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:00 / 02.03.2026
Hafta davomida hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
12:04 / 27.02.2026
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
10:16 / 26.02.2026
Toshkentda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kutilmoqda: fuqarolarga xavfsizlik choralari eslatildi
09:55 / 25.02.2026