Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriyada ishlayotgan turkiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston diplomatlari Vengriyada ishlayotgan turkiyalik tadbirkorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda City Pearl turar joy majmuasi bosh boshqaruvchisi Chagri Oyman va HTDivision kompaniyasi bosh direktori, DEIK Turkiya-Vengriya ishbilarmonlar kengashi raisi, HEPA kompaniyasining Vengriyadagi vakili Suat Go‘kxan Karakush ishtirok etdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston tomoni bilan qo‘shma investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, yurtimizda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropa bozoriga, xususan Vengriyaga eksportini ko‘paytirish hamda migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xususida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida City Pearl qurilish loyihasida 2025 yil davomida 50 nafar vatandoshlarni ish bilan ta’minlash, O‘zbekistonda HEPA kompaniyasi filialini ochish, onkologik kasallikka chalingan o‘zbekistonlik bolalarni Vengriyada davolatish va Budapesht shahrida o‘zbek milliy taomlari restorani ochish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026