Afrikaning 15 ta davlati 2024 yilda internetni bloklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Xususan, o‘tgan yili Nigeriya, Keniya, Tanzaniya, Senegal, Ekvatorial Gvineyada internet bloklangan. Bularning ba’zilariga isyonchi guruhlarning ham aloqasi bor.

Foto: Sopa Images/Shutterstock
2024 yilda Afrikaning 15 ta davlatida internet 21 marotaba bloklangan — bu rekord ko‘rsatkich. 2020 va 2021 yillarda ushbu mintaqada internet 19 marotaba bloklangan edi. Bu haqda raqamli makonda huquqlarni himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi Access Now notijoriy tashkiloti hisobotida so‘z boradi.
Hisobot mualliflarining qayd etishicha, aksariyat holatlarda internet hukumat tomonidan bloklangan, ba’zida esa bunga boshqa siyosiy kuchlar, jumladan, isyonchi guruhlar ham aralashgan. Xususan, o‘tgan yili Nigeriya, Keniya, Tanzaniya, Senegal, Ekvatorial Gvineyada internet bloklangan.
Umuman olganda 2024 yilda dunyoning 54 ta davlatida internet 296 marotaba bloklangan, bu — 2023 yilga nisbatan qariyb 5 foizga ko‘p. Bloklashlar bo‘yicha yetakchilik Myanmaga nasib etgan (85 marta), uning ortidan Hindiston o‘rin olgan (84).
«2016 yildan beri qayd etilgan 1754 ta bloklash bilan bog‘liq har bir holatning ortida — asosan siyosiy vahimalar, tartibsizliklar, zo‘ravonlik hamda urush vaqtida bir-biridan va dunyodan uzib qo‘yilgan odamlar va jamiyat tarixi yotadi», — deyiladi xabarda.
Access Now vakili Felitsiya Antonioning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda Afrika va dunyoning boshqa mintaqalarida internetning bloklanish holatlari ortishiga saylovlar o‘tkazilgani ham sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi

16:44 / 09.04.2025
Uzbekistan Airways yangi samolyotlarida internetdan foydalanish imkoniyati bo‘ladi

23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi

15:43 / 12.03.2025