Jahon | 17:39 / 11.03.2025
2344
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

Xususan, Oaxaka shtatida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va 12 kishi jarohat oldi.

Foto: Reuters

Meksikaning Oaxaka va Durango shtatlarida ikkita avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi Reuters.

«Shtat hukumati dushanba kuni ertalab Santo-Domingo-Narro aholi punktidan 200 metr uzoqlikda Mitla—Teuantepek shossesida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lganidan afsusda», — deyiladi Oaxaka shtati xabarida.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, YTH oqibatida yana 12 kishi jarohat olgan va ular shifoxonaga joylashtirilgan. Mas’ullar avariya sababini aniqlash maqsadida tergov harakatlarini olib bormoqda.

Mamlakat shimolidagi Durango shtatida esa 24 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus tirkamali shatakchi bilan to‘qnashib ketgan. Milenio nashrining yozishicha, hodisa oqibatida yong‘in yuzaga kelgan va 14 kishi halok bo‘lgan. Avtobus Mak-Allen shahri (Texas shtati)dan kelayotgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil avgust oyida Eronda pokistonlik ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 35 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid