Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Qozog‘istonda pasporti noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qaytarildi.
Foto: "Dunyo" AA
Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, vatandosh R.N. Olmaota shahar ichki ishlar organlari tomonidan olib qo‘yilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olib berish va O‘zbekistonga qaytishi uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u Qozog‘istonga 2024 yil boshida ishlash maqsadida kelgan va qurilish sohasida vaqtincha ishga joylashgan. Ish beruvchi uning pasportini olib qo‘ygan va keyinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun migratsiya politsiyasiga topshirgan. R.N. 2024 yil sentabr oyida Olmaota shahri Naurizbay tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzish holati bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Shunga qaramay, u Qozog‘istonda noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishda davom etgan.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari sa’y-harakatlari bilan R.N.ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qaytarildi.
U "Olmaota-Toshkent" yo‘nalishidagi avtobus orqali O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
Mavzuga oid
18:47 / 28.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi
18:29 / 28.05.2026
Putin va To‘qayev Qozog‘istonda birinchi AES qurish bo‘yicha kelishuvni imzoladi
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
16:36 / 28.05.2026