Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Bir necha kun avval Arabistonda AQSh va Ukraina delegatsiyasi uchrashib, Kiyev 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rozi bo‘lgani aytilgandi. O‘shanda AQSh davlat kotibi Marko Rubio «endi to‘p Rossiya tomonida» ekanini aytgandi. Bugun Kremlda bu taklifga rad javobini berishdi. Biroy kechga borib Aleksandr Lukashenko bilan matbuot anjumanida qatnashgan Putin bu taklifga rozi bo‘ldi.
Trampning maxsus vakili Moskvaga keldi
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Moskvaga bordi. Oldinroq uning samolyoti Dohadan Moskvaga uchgani xabar qilingandi. Trampning vakili Qatarda HAMAS va Isroil o‘rtasidagi muzokaralarda ham ishtirok etgan. Moskvada Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda.
Nyu-yorklik quruvchi, milliarder Uitkoff Trampning Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha maxsus vakili hisoblanadi. AQSh prezidentining Rossiya va Ukraina masalalari bo‘yicha butun boshli maxsus vakili ham bor edi, biroq Moskvaga Kit Kellog emas, Stiv Uitkoff keldi. Oldinroq OAVda Kit Kellog urush bo‘yicha muzokaralardan chetlashtirilgani haqida xabar chiqqandi.
Kreml 30 kunlik sulhga qarshi
Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi, amalda mamlakatning tashqi siyosat bo‘yicha asosiy odami hisoblangan Yurish Ushakov Kreml vaqtincha sulhni qabul qilmasligini aytdi.
«Bu ukrainalik harbiylar uchun nafas rostlash uchun imkon berishdan boshqa narsa emas. Bizning maqsadimiz qisqa muddatli emas, uzoq tinchlikka erishish. O‘zini tinchlikka intilayotgandek ko‘rsatish kerak emas», degan Uitkoff Olga Skabeyevaga bergan qisqa intervyusida.
«Rossiya 1» telekanali boshlovchisi Putinning maslahatchisidan bu gapingizni Kreml kelishuvni rad etdi deb talqin qilsak bo‘ladimi, deb so‘radi. Ushakov esa yo‘q, bu borada prezidenti Putin bugun matbuot anjumanida alohida chiqish qiladi, dedi.
Putinning maslahatchisi bu Kremlning pozitsiyasi emas deb aytmoqda, lekin tabiiyki u Putinning ruxsatisiz bunday gapni aytolmaydi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy dunyo Rossiyadan sulh bo‘yicha hamon javob olmagani, bu esa Moskva urushni tugatishni istamasligidan dalolatligini aytdi.
Darvoqe, bugun Moskvada Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti muhim qaror qabul qilish oldidan do‘sti Lukashenko bilan maslahatlashishni yaxshi ko‘radi. Uchrashuv yakunlangach matbuot anjumanida qatnashgan Putin 30 kunlik otashkesimga roziligi, lekin uning shartlarini kelishib olish kerakligini aytdi.
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi
Tasvirchi va montaj ustasi – Jahongir Aliboyev
Mavzuga oid

03:50
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

22:08 / 16.03.2025
Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtab boshlig‘ini almashtirdi

11:00 / 16.03.2025
Trampning ehtiyotsizligi AQSh fond bozorini qulatdi - AQShda krizis xavfi bormi?

08:37 / 16.03.2025