Jahon | 09:42
886
3 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi va hamkorlar Suriya va uning qo‘shnilariga 5,8 mlrd yevro ajratadi

Suriyadagi fuqarolar urushi oqibatlarini yumshatish va qo‘shni davlatlarga yordam berish uchun Yevropa Ittifoqi va uning hamkorlari yana 5,8 milliard yevro yubormoqda, deya ma’lum qildi Bryussel.

Foto: Nicolas Tucat/AFP

Yevropa Ittifoqi va uning hamkorlari Suriyadagi fuqarolar urushi oqibatlarini yumshatish va qo‘shni davlatlarga yordam berish uchun yana 5,8 milliard yevro ajratmoqda. Bu haqda 17 mart, dushanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan donor mamlakatlar konferensiyasi yakunlari bo‘yicha Yevropa komissari Dubravka Shuitsa ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 5,8 milliard yevrodan 4,2 milliard yevro grant, 1,6 milliard yevro kredit ko‘rinishida o‘tkaziladi.

«Yevropa Ittifoqi va uning hamkorlari hozirgina Suriya va uning qo‘shnilari uchun 5,8 milliard yevro ajratishga va’da berishdi. Bu Suriyani muhim o‘tish davrida qo‘llab-quvvatlaydi va jiddiy ehtiyojlarni joyida hal qiladi», deb yozdi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas X ijtimoiy tarmog‘ida.

SOHR: Minglab alaviylar zo‘ravonliklar tufayli Xmeymim bazasiga qochib kirdi

Suriya g‘arbidagi zo‘ravonliklar to‘lqini fonida minglab tinch alaviylar Rossiyaning Xmeymimdagi aviabazasidan boshpana topdi. Bu haqda 12 mart kuni qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari kengashi (SOHR)ga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.

«Minglab alaviylar Jable shahri va uning atrofidagi qishloqlardagi qirg‘indan qochib, Xmeymim harbiy bazasi va uning atrofidan boshpana topdi», — deya kuzatuvchilar so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik. SOHR ma’lumotlariga ko‘ra, 6 martdan beri Suriyaning yangi hukumati Latakiya, Tartus, Xama va Homs viloyatlarida Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Bashar Asad tarafdorlari deb hisoblaganlarga qarshi yirik qarshi operatsiya boshlaganidan to 12 martga qadar 1383 nafar tinch aholi, asosan alaviylar halok bo‘lgan.

AFP agentligining SOHR'ga tayanib xabar berishicha, 7 martdan boshlab zo‘ravonliklardan qochgan odamlar Rossiyaning Xmeymimdagi aviabazasidan boshpana izlay boshlagan. Ba’zi qochqinlar tog‘larda panoh topishga harakat qilishgan.

11 mart kuni The New York Times sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni o‘rganib chiqib, tinch aholi Rossiyaning Xmeymimdagi aviabazasi va Latakiya xalqaro aeroporti hududida qolayotganini tasdiqladi.

12 mart kuni AFP agentligining xabar berishicha, Jable shahri meri Amjad Sulton Rossiya harbiy bazasiga tashrif buyurib, u yerda qolayotgan odamlarni o‘z uylariga qaytishga ko‘ndirgan. Sultonning so‘zlariga ko‘ra, Suriya xavfsizlik kuchlari shahar ustidan nazorat o‘rnatishga kirishgan.

AFP muxbiri xabar berishicha, Xmeymim aviabazasiga kelganlarning ba’zilari: «Rossiya, Rossiya!» deya hayqirgan va o‘zlariga xalqaro himoya berilishini talab qilgan.

Mavzuga oid

E`lonlar