Italiyada to‘liq sun’iy intellekt tomonidan yozilgan birinchi gazeta chop etildi
Sun’iy intellekt gazetadagi barcha maqolalarni, ularning sarlavhalarini yozgan va hatto kinoyali izohlar ham qo‘shgan.

Foto: The Guardian
Italiyaning Il Foglio gazetasi sun’iy intellekt tomonidan to‘liq yaratilgan birinchi sonini chiqardi. Sun’iy intellekt (SI) gazetadagi barcha maqolalarni, ularning sarlavhalarini yozgan va hatto kinoyali izohlar ham qo‘shgan, deb yozadi The Guardian.
Il Foglio bosh muharriri Klaudio Cherasaning ta’kidlashicha, nashr sun’iy intellekt texnologiyalari zamonaviy jurnalistikani qanday o‘zgartirayotganini ko‘rsatish uchun ushbu tajribaga jur’at etgan. Il Foglio AI ning maxsus soni 18 mart kuni chiqqan. U to‘rt sahifadan iborat bo‘lib, gazetani ham bosma, ham onlayn shaklda o‘qish mumkin.
«Bu butunlay sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi birinchi kundalik gazeta: maqolalar va sarlavhalardan tortib iqtiboslar va sharhlargacha,» — deydi Cherasa.
Muharrirning aytishicha, mazkur loyihada jurnalistlar faqatgina sun’iy intellektga savollar berish va javoblarni tekshirish bilan cheklangan. Uning so‘zlariga, neyrotarmoq grammatik xatolarsiz, sodda va tushunarli maqolalar yozgan. Bunda birorta materialda ham odamlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtiboslari keltirilmagan. An’anaviy jurnalistikadan farqli o‘laroq, bu sonda shaxsiy fikrlar, chuqur tahlillar yoki jonli suhbatlar o‘rin olmagan.
Cherasaning fikricha, ushbu tajriba sun’iy intellekt yangiliklar yaratish jarayoniga qanday mos kelishi mumkinligini tushunishga yordam beradi.
Boshqa yirik nashrlar ham vazifalarni avtomatlashtirish va maqolalar tayyorlashda neyrotarmoqlardan foydalanayotganini tan olmoqda. Masalan, Associated Press axborot agentligi jurnalistlar uchun SI imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqqan. Agentlik neyrotarmoqlar muharrirlarga sarlavhalar yoki maqolaga g‘oya tayyorlashda yordam berishiga umid qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT

18:15 / 20.05.2025
Bombardiro Krokodilo - Qozog‘istonda SI multfilmlari xavfli deb e’lon qilindi

21:41 / 08.05.2025
Sun’iy intellekt 2 ming yillik tarixiy o‘ramni virtual tarzda ochdi va o‘qidi

18:00 / 08.05.2025