Reuters: BAA AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trln dollar sarmoya kiritadi
Ushbu qaror BAA rasmiylarining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan shu hafta o‘tkazgan muzokaralari natijasida qabul qilingan.

Foto: Reuters
Birlashgan Arab Amirliklari kelgusi 10 yil davomida AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trillion dollar investitsiya kiritish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi Oq uy vakiliga tayanib xabar berdi.
Yangi kelishuvlar sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichlar, energetika va Amerika ishlab chiqarish sohalarini qamrab oladi. Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, ular «BAAning AQSh iqtisodiyotiga mavjud investitsiyalarini sezilarli darajada oshiradi».
Amerika ma’muriyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror BAA rasmiylarining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan shu hafta o‘tkazgan muzokaralari natijasida qabul qilingan.
19 mart kuni BAAning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi va Abu Dabi hukumatining rais o‘rinbosari shayx Tahnun Al Nahayon Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng, BAA hukumati Amerika iqtisodiyotiga investitsiyalarni oshirish niyatida ekanini e’lon qilgan.
Ta’kidlanishicha, BAAning ADNOC davlat neft kompaniyasi xalqaro investitsiya bo‘limi AQShda tabiiy gaz qazib olish va eksportini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini bildirgan. Shu maqsadda Texasdagi NextDecade suyultirilgan tabiiy gaz eksport zavodiga investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, BAA kompaniyalari AQShdagi gaz, kimyo sanoati, energetika infratuzilmasi va uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha yechimlarga qo‘shimcha yirik investitsiyalar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

00:33
AQSh «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratadi

21:52 / 22.03.2025
AQSh bir kunda har biri besh million dollardan mingta «oltin karta» sotdi

20:52 / 22.03.2025
Ko‘p qutbli dunyo tartiboti: bu O‘zbekiston uchun imkoniyatmi yoki tahdid?

20:24 / 22.03.2025