Moskva va Sankt-Peterburg elitali uy-joy narxlari o‘sishi bo‘yicha dunyo megapolislarini ortda qoldirdi
Moskvada imtiyozli ipoteka bekor qilingani sababli real uy-joy narxlari (inflatsiyani hisobga olmasdan) ketma-ket yigirma oydan beri pasayib borayotgan bir paytda, Rossiya poytaxti va madaniy poytaxt - Sankt-Peterburgda yangi elitali kvartiralar narxi rekord darajada o‘smoqda.

Foto: Pimenov Roman / PhotoXPress.ru
RBK nashrining Knight Frank tomonidan tayyorlangan The Wealth Report 2025 hisobotiga tayanib ma’lum qilishicha, Peterburg 2024 yil yakunida dunyo megapolislari orasida nufuzli yangi qurilmalardagi uy-joy narxi o‘sish sur’ati bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi (2023 yilda Sankt-Peterburg ikkinchi o‘rinda edi). Shaharda bu toifadagi uy-joy narxi bir yilda 25,8 foizga oshib, 1 metr kvadrat uchun 790 ming rubl (qariyb 8000 AQSh dollari)ga yetdi.
Moskvada esa yangi elitali kvartiralar narxi Londonniki bilan tenglashgan va kvadrat metr narxi 1,95 mln rublgacha ko‘tarilgan holda (2023 yilga nisbatan 20,5 foiz o‘sish), reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi hamda biryo‘la 17 pog‘ona yuqori ko‘tarildi.
Sankt-Peterburgdagi NF Group (avvalgi Knight Frank Russia) kompaniyasining elitali uy-joy bo‘limi direktori Aliya Xanbekovaning so‘zlariga ko‘ra, bu shaharlarda elitali yangi turar-joylarning qimmatlashishi e’lon qilingan takliflar soni kamaygani bilan bog‘liq. 2024 yilda bu toifadagi uy-joy taklifi 30 foizga kamayib, tarixiy minimumga tushib ketgan.
«Yil davomida kuzatilgan barqaror yuqori talab ayrim qurilish kompaniyalariga kvartira va appartamentlarga ommaviy chegirmalar berishdan voz kechishga, boshqalarini esa narx siyosatiga qayta baho berib, uni oshirishga undadi», — deydi u. Joriy yilda yangi elitali uy-joy narxlari bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi — masalan, yangi loyihalarning paydo bo‘lishi yoki Markaziy bankning xatti-harakatlari.
Bloomberg nashrining yozishicha, Moskvada birlamchi bozorda elitali kvartiralar sotuvining keskin o‘sishi Rossiyadagi urush boshlanganidan keyin ortiqcha kapitallarini qaytarib kelayotgan boy rossiyaliklar faolligi bilan bog‘liq. Sanksiyalar tufayli xorijda pul saqlash xavfli bo‘lib qoldi. Shuningdek, boylar uy-joyni inflatsiyadan himoya vositasi sifatida ko‘rishmoqda.
Gaydar instituti mutaxassislari hisob-kitobiga ko‘ra, Moskvada oddiy aholi uchun uy-joy narxlari o‘sishi chalg‘ituvchi va real metr kvadrat narxi ikkilamchi bozori uchun bir yildan beri pasaymoqda: 2023 yil iyulidan buyon bu ko‘rsatkich 6 foizga tushgan. Bu — bozor tuzilishi va iste’molchilarning afzalliklaridagi o‘zgarishlar ta’sirini hisobga olgan, inflatsiya bilan nominal o‘sishdan tozalangan indeksga asoslangan.
2024 yil o‘rtalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada ikkilamchi uy-joy bozorida nominal narxlar barqaror bo‘lib, aniq o‘sish belgilari yo‘q va yuqori inflatsiya sababli realda kvartiralar arzonlashmoqda. Buning asosiy sababi — imtiyozli ipoteka dasturlarining bekor qilinishi va bozor ipotekasi berilgan kreditlar keskin kamayganidir.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 21:30
-
“Urushga borishni xohlamaganlarni otib tashlashdi” – “Vagner”ga yollangan yigit hikoyasi
Jamiyat | 21:24
-
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 21:09
Mavzuga oid

19:46
Moskvada OMON migrantlarga kuch ishlatdi. O‘zbekiston TIV va Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda

11:47 / 03.06.2025
Moskvada patenti bor shaxs Moskva viloyatida ishlashi mumkin bo‘ladi

11:21 / 29.05.2025
Ukraina droni Moskvadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urildi

08:25 / 28.05.2025