O‘zbekiston Eron bilan o‘yinda muhim ochkoni qo‘lga kiritdi
Endi guruhdagi vaziyat KXDRga bog‘liq bo‘lib qolmoqda, agar shimoliy koreyaliklar BAAni mag‘lub etolsa, O‘zbekiston bugunning o‘zida mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Agar amirliklar bugun ochko qo‘lga kiritsa ham, keyingi turda Kapadze shogirdlarini o‘zaro o‘yinda durang qoniqtiradi.

JCh-2026 saralashi. 8-tur
Eron – O‘zbekiston – 2:2
Gollar: Mehdi Toremiy 51, 83 – Hojimat Erkinov 16, Abbosbek Fayzullayev 53.
Eron: 1.Alirizo Beyronvand, 2.Soleh Hardani, 4.Shojai Xalilzoda, 5.Milod Muhammadiy, 6.Said Izzatullohiy, 7.Alirizo Jahonbahsh, 9.Mehdi Toremiy, 10.Mehdi G‘oyyedi, 13.Husayn Ka’noniy, 14.Saman Quddus, 20.Sardor Ozmun.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 2.Abduqodir Husanov, 15.Umar Eshmurodov, 5.Rustam Ashurmatov, 4.Farrux Sayfiyev, 9.Odil Hamrobekov (17.Abdurauf Bo‘riyev, 85), 7.Otabek Shukurov, 22.Abbosbek Fayzullayev, 20.Hojimat Erkinov (11.Ruslanbek Jiyanov, 65), 14.Eldor Shomurodov.
JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 8-turi doirasidagi markaziy o‘yinda O‘zbekiston milliy jamoasi Eronda ikki marta hisobda oldinda borib, g‘alabani saqlay olmadi.
Tehrondagi «Ozodiy» stadionida o‘tgan uchrashuvning 16-daqiqasida Hojimat Erkinov Farrux Sayfiyevning uzatmasidan keyin hisobni ochdi – 1:0.
Ammo ikkinchi bo‘limni hujumkor boshlagan mezbonlar 51-daqiqada Mehdi Torimiyning kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirishdi – 1:1.
Bir daqiqa o‘tib Abbosbek Fayzullayev qanotdan jarima maydoniga oshirgan to‘p hech kimga tegmasdan darvoza to‘riga borib tushdi – 2:1.
Ammo g‘alabali hisobni saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. 83-daqiqada Torimiy himoyadagi palapartishlikdan foydalanib, dublga erishib, Eron uchun muhim bo‘lgan gol muallifiga aylandi – 2:2.
Shu tariqa, forslar o‘ziga kerak bo‘lgan durang evaziga ochkolari sonini 20 taga yetkazib, muddatdan avval JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston esa 17 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Guruhda 8-turning uchinchi uchrashuvida Saudiya Arabistonidagi betaraf maydonda KXDR BAAni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda o‘tkazilgan gol tufayli 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Agar bu o‘yinda shimoliy koreyaliklar g‘alaba qozonganida, bu O‘zbekiston milliy jamoasini avtomatik ravishda mundialga olib chiqqan bo‘lardi.
Endi esa BAA ochkolari sonini 13 taga yetkazdi va O‘zbekistonni to‘rt ochkolik farq bilan ta’qib etmoqda. Keyingi turda, 5 iyun kun amirliklar o‘z maydonida O‘zbekistonni qabul qiladi. Bu o‘yindagi g‘alaba yoki durang natija O‘zbekistonga mundial yo‘llanmasini kafolatlaydi, Temur Kapadze jamoasi safarda mag‘lub bo‘lsa ham, barchasini so‘nggi turda, Toshkentda Qatarga qarshi o‘yinda tuzatish mumkin – bu o‘yinda O‘zbekistonga faqat g‘alaba kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP
Jahon | 22:46
-
22 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:15
-
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin
Jahon | 22:10
-
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi
Jahon | 21:47
Mavzuga oid

16:05 / 26.03.2025
4 yo‘llanmaga 9 da’vogar. Osiyoda mundial saralashidagi vaziyat

11:34 / 26.03.2025
Timur Kapadze: «Durang adolatli natija bo‘ldi»

10:15 / 26.03.2025
Qozog‘istonda ilk g‘alaba, Norvegiya Isroilga 4 ta gol urdi. Yevropada kun o‘yinlari

20:50 / 25.03.2025