Irlandiya kuraşga qaytdi

Irlandiya – Portugaliya 2:0

Gollar: Perrott, 17 (1:0). Perrott, 45 (2:0)
Irlandiya: Kelleher, ÖŞi, ÖBrayyen, Kollinz, Skeyls (Dann, 86), Koulman, Teylor (Koventri, 68), Kallen, Eyzas (Ebosele, 79), Perrott (Ida, 68), Ogbene (Jonston, 86)
Portugaliya: Koşta, Ruben Diaş, Gonsalu Inasiu (Semedu, 46), Dalot, Joau Kanselu (Veyga, 46), Vitinya, Ruben Neveş, Joau Neveş (Ramuş, 78), Joau Feliks (Trinkao, 63), Bernardu Silva (Leau, 63), Kriştianu Ronaldu
Ogohlantirişlar: Eyzas, 38. Teylor, 45. Skeyls, 86 – Joau Kanselu, 19. Ruben Diaş, 45
Çetlatiş: Kriştianu Ronaldu, 59

Portugaliya milliy jamoasi muddatidan oldin 2026 yilgi jahon çempionatiga çiqişi mumkin edi. Buning uçun Roberto Martines şogirdlari safarda Irlandiyani mağlub etişi yetarli bölardi. Ammo mezbonlar ham turnirga çiqiş uçun kuraş olib bormoqda. Ularga oçkolar Portugaliyaga qaraganda muhimroq.

Dublindagi öyin boşida Portugaliya töpga egalik qildi va özini mezbonlarga xos tarzda tutdi, ammo vaqt ötgan sayin irlandlar xavfli qarşi hujumlar uyuştira boşladi, 17-daqiqada esa Diogu Koştaning xatosi tufayli belgilangan burçak zarbasidan hisobni oçişdi. Olis ustun oldida turgan Skeyls töpni boşi bilan darvozabon hududiga taşlab berdi, u yerda esa Perrott barçadan ildamlik qildi. Umuman olganda, mehmonlar bosim qildi, mezbonlar gol urişdi. Birinçi bölim oxirida tomonlar özaro golli vaziyatlar almaşişdi (Ogbenening zarbasi ustunga tegdi, Kelleher esa Vitinyaning zarbasidan keyin qahramonlik körsatdi), keyin esa Perrott dubl rasmiylaştirdi. AZ Alkmar klubi forvardi yaqin burçakni aniq nişonga oldi.

Tanaffusdan keyin Portugaliya kambek qiliş uçun oldinga taşlandi. Ammo mezbonlar töliq himoyalanib, raqibning yulduzlariga vaziyat yaratişga imkon qoldirmadi. 60-daqiqada esa favqulodda hodisa röy berdi – Kriştianu Ronaldu töğridan töğri qizil kartoçka oldi. U ortidagi irlandlar himoyaçisi Daru ÖŞiga tirsagi bilan zarba berdi: avvaliga hakam Glenn Nyuberg epizodni körmay qolgandi, ammo VAR aralaşuvi bilan qarorini özgartirdi. Bu Kriştianu uçun milliy jamoadagi ilk çetlatiş böldi.

Natijada öyinning qolgan qismida hisob özgarmay qoldi, irlandlarga qarşi qatorasiga ikkinçi öyinda oçkolardan mahrum bölgan (Lissabondagi öyinda Ronaldu penaltini urolmagandi) Martines şogirdlari endi faqat sönggi turda, heç qanday motivatsiyasi yöq bölgan armanlarga qarşi öyinda yöllanmani rasmiylaştirişi mumkin. Irlandiya esa ötiş öyinlarida qatnaşişi uçun safarda Vengriyani mağlub etişi kerak böladi.