Ahmadxo‘jayev: “Odamlar odatlanib qolgan iste’mol madaniyati bo‘lmaganida, gaz uchta O‘zbekistonga yetgan bo‘lardi”
“O‘zatom” rahbari Azim Ahmadxo‘jayev sobiq energetika vaziri Alisher Sultonovning “gazimiz uchta O‘zbekistonni boqishga yetadi” degan fikriga munosabat bildirdi. Ahmadxo‘jayev asosiy masala aholining iste’mol madaniyatida ekanini urg‘uladi. “Agar odamlar odatlanib qolgan iste’mol madaniyati bo‘lmaganida, gaz uchta O‘zbekistonga yetgan bo‘lardi”, dedi u.

Foto: Alter Ego
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda gaz taqchilligi ortib boryapti. Xususan, 2024 yilda Rossiya va Turkmanistondan 1,7 mlrd dollarlik gaz sotib olindi. Bu – 2023 yilga nisbatan 2,4 barobarga, 2022 yilga nisbatan 6 barobarga ko‘p.
“O‘zatom” rahbari Azim Ahmadxo‘jayevga ko‘ra, gaz qazib olishning qisqarishiga eski konlarning tugab borayotgani va yangi konlarni o‘zlashtirish kechikayotgani bevosita ta’sir ko‘rsatyapti. Shuningdek, oxirgi yillarda sanoat keskin o‘sgan, bu esa energiya manbalariga bo‘lgan talabning oshishiga olib kelyapti.
“Ishlayotgan konlar va zaxiralar tugab boryapti. Yangi konlarni o‘rganish va zaxiralarini aniqlash katta mablag‘ talab qiladi. Ayni paytda bu ishlab chiqilyapti va amalga oshirilmoqda”, dedi u Alter Ego loyihasidagi intervyusida.
Agentlik rahbarining aytishicha, kelajakda atom energetikasining rivojlanishi vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Atom elektr energetikasini faol rivojlantirishni boshlasak, gaz hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarishni kamaytiramiz. Shunda gaz qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi”, – deya ta’kidladi u.
Ahmadxo‘jayev sobiq energetika vaziri Alisher Sultonovning 4 yil oldin aytgan “Gazimiz uchta O‘zbekistonni boqishga ham yetadi” degan fikriga ham munosabat bildirdi.
“U haq. Bilasizmi, qaysi nuqtayi nazardan gapirilganini? Boshida men ham nega bunday deyilganini tushunmadim. Keyinchalik bildimki, bu iste’mol madaniyati haqida aytilgan. Odamlar gaz o‘tkazishni talab qilgan bir hududda bo‘ldim. Bir necha qishloqni gaz bilan ta’minladik. Men energetika vazirining birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandim, mazkur loyiha qanday amalga oshirilgani, aholi undan qanchalik rozi ekanini ko‘rish uchun bordim. Tasodifan qishloqda to‘rt xonali, hisoblagichi bor uyga kirdim. Katta xonada uch bolali ayol o‘tiribdi, pechkada katta bosim ostida gaz yonmoqda, fortochka ochiq. Qolgan xonalar sovuq. Bu qishda sodir bo‘lmoqda. Bu miqdordagi gazdan unumli foydalanilganida butun xonadonni isitish mumkin bo‘lardi. O‘sha vaqtda gaz va elektr energiyasi juda arzon edi. Uy egasiga mini-isitish tizimidan foydalanishni taklif qilganimda, u: “Buning menga nima keragi bor, hozirgiday to‘lab ketaveraman-da”, deb javob berdi. Bu holat men uchun hayratlanarli edi”, – dedi “O‘zatom” rahbari.
U Alisher Sultonovning aytgan gaplari iste’mol madaniyati bilan bog‘liq bo‘lganiga urg‘u berdi.
“Agar odamlar odatlanib qolgan iste’mol madaniyati bo‘lmaganida, gaz uchta O‘zbekistonga yetgan bo‘lardi”, ta’kidladi Azim Ahmadxo‘jayev.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

16:13 / 13.06.2025
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi

11:35 / 12.06.2025
Assystem «O‘zatom»ga AES loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi

14:00 / 11.06.2025
1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

13:08 / 09.06.2025