JCh-2026 saralashi. BAA KXDR bilan o‘yinda 90+8-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi

Foto: Getty images
JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich A guruhi 8-turi doirasidagi so‘nggi bahsda Shimoliy Koreya Birlashgan Arab Amirliklari milliy jamoasiga qarshi saf tortdi.
JCh-2026 saralashi. A guruhi. 8-tur
KXDR – BAA – 1:2
Gollar: Yu Song Kim 43 – Fabio De Lima 5, Alamari 90+8.
Uchrashuvda koreyslarning g‘alabasi O‘zbekiston milliy jamoasining muddatdan avval o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqishini ta’minlardi. Shu bois uchrashuv o‘zbekistonlik muxlislarning diqqat markazida bo‘ldi.
Saudiya Arabistonidagi «Shahzoda Faysal Bin Fahd» o‘yingohida kechgan uchrashuvning 5-daqiqasidayoq amirlik futbolchilari Fabio De Limaning goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, koreyslar 43-daqiqadagi gol evaziga tanaffusga durang natija bilan chiqishdi – 1:1.
Ikkinchi bo‘lim ham tengkurash ostida o‘tib, ikki jamoa bahs yakuniga qadar g‘alabani ilib ketish ilinjida bo‘ldi. Yakunda 90+8-daqiqada BAA Alamirining goli evaziga g‘alabaga erishdi - 2:1.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi (17 ochko, 2-o‘rin) keyingi turda – BAA (5 iyun) bilan kamida durang qayd etsa mundialga yo‘llanma oladi. Aks holda Qatarga (10 iyun) qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonishi talab etiladi. BAA 13 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. KXDR 2 ochko bilan so‘nggi 6-o‘rinda qoldi va yo‘llanma uchun kurashish imkoniyatini batamom to‘xtatdi.
A guruhidagi vaziyat:
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi

20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi

22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi

18:41 / 16.05.2025