Niger xuntasi yetakchisi prezident sifatida qasamyod qildi
Nigerda 2023 yilgi to‘ntarishdan keyin hokimiyat tepasiga kelgan general Tchiani prezident sifatida qasamyod keltirdi. U besh yilga mo‘ljallangan o‘tish davri davomida mamlakatni boshqaradi.

Foto: REUTERS
Nigerda 2023 yili hokimiyatni egallab olgan harbiylar yetakchisi Abdurahmon Tchiani 26 mart kuni mamlakat prezidenti sifatida qasamyod keltirdi. U konstitutsiya o‘rnini egallagan yangi xartiyaga muvofiq besh yillik o‘tish davrida mamlakatni boshqaradi.
Shuningdek, Tchianiga armiya generali — mamlakatdagi eng oliy harbiy unvon ham topshirilgan. Associated Press’ning yozishicha, yangi prezident 2030 yilgacha, ya’ni o‘tish davri oxiriga qadar hokimiyat tepasida qoladi.
Nashrga ko‘ra, avvaliga davlat to‘ntarishidan keyin o‘tish davrini uch yil etib belgilash taklif qilingan, ammo G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) ushbu taklifni rad etib, buni provokatsiya sifatida baholagan. Shundan keyin Niger Mali va Burkina-Faso bilan birga ECOWAS’ning keskin sanksiyalariga norozilik ramzi sifatida hamjamiyat tarkibidan chiqqan.
2023 yil 26 iyul kuni Niger prezident gvardiyasi qo‘mondoni general Tchiani boshchiligidagi zobitlar guruhi demokratik yo‘l bilan saylangan prezident Muhammad Bazumni ag‘darib, konstitutsiyaning amal qilishini to‘xtatib, mamlakatning barcha konstitutsiyaviy hokimiyatlarini tarqatib yuborgandi. Tchiani o‘zini Nigerning yangi rahbari deb e’lon qilgan.
Shundan keyin tergov Bazum hamda uning «mahalliy va xorijiy sheriklarini» «vatanga xiyonat qilgani, vakolatli milliy va xalqaro organlar oldida Niger ichki va tashqi xavfsizligiga putur yetkazgani uchun» javobgarlikka tortish uchun yetarli dalillar to‘plashga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
-
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi
Jahon | 23:56 / 29.03.2025
Mavzuga oid

11:30 / 17.09.2024
Pentagon Nigerdan AQSh kuchlarini olib chiqishni yakunladi

14:55 / 12.08.2024
Nigerda kuchli yog‘ingarchilik 94 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

15:53 / 09.08.2024
Kiyev: Niger rasmiylarining Ukrainaga qarshi ayblovlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

07:31 / 07.08.2024