Nigerda iyun oyidan beri kuçli yomğirlar oqibatida yuzaga kelgan suv toşqinlari va köçkilar qurbonlari soni 94 kişiga yetdi.
Fuqaro mudofaasi boş boşqarmasi xabariga köra, iyun oyida boşlangan kuçli yomğirlardan jami 135 156 kişi zarar körgan.
Köçki va suv toşqinlari tufayli minglab odamlar boşpanasiz qolgan.
Avvalroq, 6 avgust kuni tabiiy ofat oqibatida 77 kişi halok bölgani xabar qilingan.
Nigerda yomğirlar mavsumi iyun oyida boşlanadi va sentabrda tugaydi. Ötgan yili kuçli yomğirlar oqibatida 41 kişi halok bölgan, 53 kişi jarohatlangan edi. Umuman olganda, ötgan yili 137 797 kişi tabiiy ofatlardan jabr körgan.













