AQŞ Mudofaa vazirligi va Niger Milliy mudofaa vazirligi AQŞ kuçlari va vositalarini Nigerdan olib çiqib ketiş jarayoni tugaganini e’lon qildi. Bu haqda 16 sentabr, duşanba kuni AQŞning Afrikadagi qömondonligi (AFRICOM) ma’lumot berdi.
Jarayon şartlar böyiça özaro kelişuvga erişilgandan söng 19 mayda boşlangan va 7 iyulda Niameydagi 101-havo bazasi va 5 avgustda Agadesdagi 201-havo bazasidan olib çiqiş bilan davom etgan. Ikki yulduzli general va xodimlardan iborat AFRICOM muvofiqlaştiriş elementi ham mamlakatdan olib çiqib ketildi. «AQŞ va Niger harbiylari örtasidagi samarali hamkorlik va aloqa qöşinlarning xavfsiz, tartibli va mas’uliyatli olib çiqilişini ta’minladi, bu özaro kelişilgan 15 sentabr sanasiga qadar yakunlandi», — deb xabar berdi Pentagon.
Niger qöşinlarini öqitiş
AQŞ kuçlari uzoq vaqtdan beri Niger qöşinlarini öqitib kelgan va mintaqada IŞID hamda «Al-Qoida»ga qarşi şeriklar boşçiligidagi aksilterror missiyalarini qöllab-quvvatlagan.
Amerika harbiy kontingentini olib çiqiş böyiça kelişuvga aprel oyi oxirida AQŞ davlat kotibi örinbosari Kurt Kempbell va Niger boş vaziri Ali Lamin Zeynning Vaşingtondagi uçraşuvida erişilgan edi. May oyi boşida rossiyalik harbiylar Niger poytaxti Niameydagi Amerika havo bazasiga kirgani ma’lum böldi. Biroq, AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ta’kidlaşiça, ruslar öşa paytda bazada joylaşgan AQŞ qöşinlari va harbiy texnikasidan foydalana olmagan.
Nigerdagi davlat töntarişidan keyin Vaşington bilan harbiy hamkorlik töxtatildi
Niger dunyodagi eng qaşşoq mamlakatlardan biridir. 2023 yil iyul oyida harbiy xunta mamlakatda hokimiyatni egallab oldi. Mart oyida isyonçilar Vaşington bilan harbiy hamkorlik şartnomasini buzdi. Moskva aloqadorlikda gumon qilinayotgan davlat töntarişidan oldin Niger AQŞ, Fransiya va Germaniya kabi Ğarb davlatlarining Ğarbiy va Markaziy Afrikada guruhlarga qarşi kuraşdagi asosiy şeriklaridan biri bölgan. 2023 yil oktyabr oyida Fransiya öz qöşinlarini Ğarbiy Afrika mamlakatidan olib çiqib ketişni boşladi, jarayon dekabrgaça yakunlandi. Bundesver 2024 yil avgustida xuddi şunday qildi.
Reuters agentligiga köra, Vaşington Ğarbiy Afrikada «B»rejasini izlamoqda, biroq jarayon sust va ekstremistik guruhlar faolligi tez ösib borayotgani haqida mintaqadan xabarlar kelyapti.













