Ukraina Niger Respublikasi hukumatining 2024 yil 6 avgustdagi Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uziş haqidagi qarorini hisobga oldi. Niger hukumati vakili bayonotida keltirilgan ayblovlar «asossiz va haqiqatga töğri kelmaydi». Bu haqda Ukraina taşqi işlar vazirligi bayonot berdi

Bayonotda ta’kidlanişiça, Ukraina öziga qarşi «xalqaro terrorizmni qöllab-quvvatlaş, BMT nizomi va xalqaro huquqni buzganlik» haqidagi har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etadi.

«Bunday qaror Ukrainaga qarşi asossiz keng kölamli tajovuzkor uruş olib borayotgan davlat – Rossiya Federatsiyasi bilan yaqinlaşiş yölini tanlaganlar tanlovi. RF yildan ortiq vaqt mobaynida davlatimiz va uning aholisi va fuqarolik infratuzilmasiga qarşi keng kölamli terrordan foydalanib, Ukraina xalqiga qarşi köplab harbiy jinoyatlar sodir etmoqda, xalqaro xavfsizlik va siyosiy vaziyatni beqarorlaştirmoqda, dunyoning barça burçaklarida, şu jumladan Afrikada tartibsizlik va qarama-qarşilikni tarqatmoqda», - deyiladi bayonotda.

Taşqi işlar vazirligi, şuningdek, Niger hukumati Malidagi voqea yuzasidan heç qanday tergov ötkazmasdan va bunday qadam sabablariga oid heç qanday dalil keltirmasdan, Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzişga qaror qilganini qayd etdi.

TIV Ukraina barça Afrika davlatlari bilan teng huquqlilik, içki işlarga aralaşmaslik, mamlakatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiliş, xalqaro tan olingan çegaralar doirasida xalqaro me’yorlarga qat’iy rioya qiliş asosida özaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantiriş tarafdori ekanini ta’kidladi.