Rossiya Markaziy banki neft narxining qulashi va sanksiyalar kuchaytirilishini banklarda sinab ko‘rdi

Foto: RF MB matbuot xizmati
Rossiya Markaziy banki iqtisodiyotdagi «xavfli ssenariy» ro‘yobga chiqqan taqdirda bank tizimining barqarorligini baholash uchun stress-sinov o‘tkazdi. Bu haqda RF MB juma kuni Davlat Dumasiga kiritilgan yillik hisobotida ma’lum qildi.
Markaziy bank tekshirgan tayyorgarlik sharoiti quyidagilarni o‘z ichiga olgan: sanksiyalarning kuchayishi, jahon iqtisodiyotida tanazzul va neft narxining, jumladan, Brent navli neft uchun barreli 49 dollargacha tushib ketishi sinalgan. Bu esa joriy darajalarga nisbatan 33 foizlik pasayish demakdir.
«Xavfli ssenariy»da (u «2024–2026 yillar uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari»da bayon etilgan), Rossiya iqtisodiyoti eksportdan 150 mlrd dollardan ortiq daromaddan mahrum bo‘ladi, umumiy eksport hajmi esa 266 mlrd dollargacha tushadi — bu 2005 yildan beri eng past daraja. Import hajmi 200 mlrd dollargacha kamayadi — bu so‘nggi o‘n yildagi eng past ko‘rsatkich. YaIM retsessiyaga yuz tutadi va bir yilda 3,5 foizga yo‘qota boshlaydi.
MB hisobotida ta’kidlanishicha, bank tizimi bunday inqirozga dosh bera oladi. «So‘nggi yillarda banklar tomonidan to‘plangan kapital zaxiralari ularning ko‘pchiligiga stress tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlarni ancha darajada qoplash imkonini beradi. Kapital yetarliligi jami 2,8 foizga pasayishi mumkin, biroq umumiy holda 9,6 foiz darajasida saqlanadi, bu esa minimal me’yordan yuqori», — deyiladi regulyator bayonotida.
Stress-sinovda Rossiyaning 27 ta eng yirik banki ishtirok etdi va ularning asosan yirik kompaniyalardan ibora eng yirik 400 ta qarz oluvchi mijozlari tahlil etilgan.
Markaziy bank tomonidan Rossiya hukumatiga 2024 yil fevralida taqdim etilgan yopiq hisobotda ta’kidlanishicha, neft narxining uzoq muddatga keskin tushishi AQSh va OPEC davlatlari tomonidan qazib chiqarishni oshirish rejalari sababli Rossiya iqtisodiyoti uchun haqiqiy tahdidga aylanishi mumkin. OPEC davlatlarining erkin quvvati — kuniga 5 mln barrel jahon bozorida Rossiya neftini to‘liq almashtirishga yetadi. Bunday holat 1980-yillarning o‘rtasida ham kuzatilgan — o‘shanda Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqarishni uch barobar oshirgan va narxlarni 30 dollardan 10–15 dollargacha tushirgan. Bu holat sovet ittifoqida keskin valuta inqirozini keltirib chiqargan va mamlakat olti yil o‘tib bankrotga uchragan hamda uning parchalanishi bilan tugagan edi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Sport | 22:02
-
Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi
Jahon | 21:49
-
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy
Jahon | 21:39
-
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi
Jahon | 21:04
Mavzuga oid

12:10 / 03.06.2025
Aliyev: «Asr shartnomasi» mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni o‘zgartirdi

11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025