Vens Daniya hukumatini Grenlandiyani Rossiyadan «yetarli himoya qilmayotgani» uchun tanqid qildi
28 mart kuni Grenlandiyaga qilgan tashrifi chog‘ida AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Daniya hukumatini tanqid qilib, uni yarim avtonom hudud va uning aholisini Rossiya va Xitoy tomonidan ehtimoliy hujumlardan himoya qilishda yetarlicha sa’y-harakat qilmayotganlikda aybladi.

Jyey Di Vens. Foto: newsweek.com
Shu bilan birga Vens AQSh Grenlandiya suverenitetini hurmat qilishini ta’kidladi hamda Vashington va mazkur orol o‘rtasidagi sheriklikni rivojlantirish umidini bildirdi. Vensning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Oq uy mintaqada o‘zining harbiy ishtiroki miqyosini darhol kengaytirishni rejalashtirmayapti, biroq mudofaa infratuzilmasiga investitsiyalarni ko‘paytirish niyatida.
«Daniya mazkur baza (AQShning Pituffik harbiy bazasi) faoliyatini ta’minlash, harbiylarimizni qo‘llab-quvvatlash va Grenlandiya aholisini Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlar tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan tajovuzkor harakatlardan himoya qilish uchun zarur resurslarni ajratmayapti», — deya Vensning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.
Biroq, Vens tilga olingan tahdidlarni tasdiqlovchi aniq faktlarni keltirmagan. AQSh vitse-prezidentining ta’kidlashicha, Moskva va Pekin Arktikadagi yo‘nalishlar, harbiy-dengiz yo‘llari va tabiiy resurslarga nisbatan qiziqishini kuchaytirmoqda. Shu munosabat bilan Vashington harbiy kemalar va muzyorar kemalarga ko‘proq sarmoya kiritish orqali mintaqada xavfsizlik choralarini kuchaytirish niyatida.
Vens shuningdek, Grenlandiya xalqi o‘z taqdiri ustidan mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lishi kerakligini bildirdi va AQSh ularning tanlovini hurmat qilishini ta’kidladi.
«Umid qilamizki, grenlandiyaliklar AQSh bilan hamkorlikni tanlaydi. Chunki biz — ularning suvereniteti va xavfsizligini hurmat qiladigan yagona mamlakatmiz. Axir, ularning xavfsizligi ko‘p jihatdan bizning xavfsizligimiz hamdir», — dedi u.
Vens Grenlandiyada bo‘lib turgan paytda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda so‘zlagan chiqishida mazkur hududning «xalqaro xavfsizlik» uchun strategik ahamiyatini ta’kidladi. «Bizga Grenlandiya kerak. <…> Biz usiz ilojsizmiz», — dedi Tramp. Shuningdek, u mintaqada Xitoy va Rossiya kemalarining mavjudligidan xavotir bildirib, bu masalada AQSh Daniya yoki boshqa mamlakatlarga suyanmoqchi emasligini alohida qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp hali birinchi prezidentlik muddati davrida, ya’ni 2019 yildayoq Grenlandiyani sotib olishga qiziqish bildirgan edi. 2024 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng bu masala yana AQSh ma’muriyati kun tartibiga qaytdi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
O‘zbekiston | 12:52
-
Qatar bilan yoshlar malakasini oshirish loyihalari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 12:50
-
Germaniya boshpana berishni rad etish tartibini soddalashtiryapti
Jahon | 12:36
-
Son ham, sifat ham yetarli. Legionerlar muhim o‘yinlarga qanday holatda yetib keldi?
Sport | 12:26
Mavzuga oid

23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi

22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi

22:32 / 18.05.2025
Zelenskiy Rimda Vens va Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:40 / 14.05.2025