Milliarder Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi insonga köriş qobiliyatini qaytarişga yordam beradigan birinçi çipni örnatişga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqda biznesmen Amerika siyosiy hamjamiyati a’zolari bilan uçraşuvda ma’lum qildi.

Maskning sözlariga köra, Blindsight nomli tajriba 2025 yil oxiriga qadar ötkaziladi. Hozirça tarjibaning aniq muddati oşkor etilmagan. Ta’kidlanişiça, uning doriasida közi ojiz bemor startap ixtirosi yordamida köriş qobiliyatini tiklay oladi.

Milliarderning qayd etişiça, avvaliga tasvir sifati past böladi. Bu texnik çeklovlar bilan boğliq. Ammo vaqt ötişi bilan bemorlar «ğayritabiiy köriş» qobiliyatiga ega böladi. Maskning oldingi da’volariga köra, bu infraqizil va ultrabinafşa skeptrlarda köra oliş imkoniyatini anglatadi.

Neuralink özining Blindsight loyihasini 2024 yil sentabrda taqdim etgandi. U köriş qobiliyatini qaytariş maqsadida miyaga ulanadigan implant hisoblanadi. Kompaniyadagilarning ta’kidlaşiça, mazkur texnologiya tuğma kör yoki közi yöq insonlarda ham işlayveradi. Bemorlarga qöyiladigan asosiy talab — boş miyaning köriş imkoniyatini taqdim etadigan qobiğiga şikast yetmagan bölişi kerak.

Eslatib ötamiz, 2024 yil yanvar oyida dunyodagi birinçi odamga Neuralink miya implanti örnatilgandi. 29 yoşli Noland Arbo umurtqa poğonasi şikastlangan baxtsiz hodisa oqibatida butunlay falaj bölib qolgan. Arbo miyasiga Neuralink çipining örnatilişi natijasida fikr kuçi yordamida kompyuterni boşqara olgan.