Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask va AQŞ moliya vaziri Skott Bessent ötgan hafta Oval kabinetda Donald Tramp hamda amaldorlar oldida janjallaşib ketdi. Bu haqda ikki guvoh va uç nafar manbasiga tayanib Axios xabar berdi.
Guvohlardan biri uşbu sahna va uning iştirokçilarini quyidagiça tasvirlaydi: «Örta yoşdagi ikki milliarder Oq uyning Ğarbiy qanotidagi zalni WWE (restling-promouşn) deb öyladi». Guvohning ta’kidlaşiça, ular bir-birini haqorat ham qilgan.
Bahs şu qadar qizğin tus olganki, Mask va Bessent örtasiga ularni ajratiş uçun yordamçi kirişga majbur bölgan. Axios’ning yozişiça, uşbu janjalni öşa kuni Tramp bilan uçraşiş uçun Oq uyga kelgan Italiya boş vaziri Jorja Meloni ham eşitgan. «Bu haqiqiy tomoşa edi. Juda baland ovozda böldi», — deya ta’riflagan yana bir manba.
Bahsga Soliq xizmatiga kim rahbarlik qilişi borasidagi kelişmovçilik sabab bölgan. Tramp Mask tomonidan ilgari surilgan Gari Şeplini Soliq xizmati boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlagan. Bessent esa bu lavozimga moliya vaziri örinbosari Maykl Folkenderni qöymoqçi bölgan va Mask uning ortidan iş qilganidan jahli çiqqan. Axios’ning qayd etişiça, uşbu tortişuv Maskning uslubi Tramp ma’muriyatidagi yuqori martabali amaldorlarga qançalik yoqmayotganini körsatib bergan. «Bu nima töğri yoki notöğriligi uçun kuraş emas. Gap nazorat haqida ketmoqda», — deydi naşr manbasi.
Eslatib ötamiz, mart boşlarida Ilon Mask va AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio örtasida Vazirlar Mahkamasi yiğilişida mojaro yuzaga kelgan edi. Mojaro davomida Donald Tramp heç narsa demagan va şunçaki nima bölayotganini kuzatgan. Bahs çözilib ketganidan keyin AQŞ prezidenti aralaşib, «Rubio ajoyib iş qilyapti» degan.












